Ahmedova Saidaxon Ergash qizi — biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston Milliy universiteti, Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Ilmiy faoliyati – fiziologiya, mitoxondriyalar bioenergetikasi, oksidlovchi stress, antioksidant himoya tizimi hamda jigar faoliyatining eksperimental o‘zgarishlarini o‘rganishga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlarida mitoxondriyalarning funksional holati, oksidlanishli fosforlanish, lipidlarning peroksili oksidlanishi va biologik faol birikmalarning fiziologik ta’siri masalalariga alohida e’tibor qaratadi.
Pedagogik faoliyatida odam va hayvonlar fiziologiyasi fanlarini o‘qitish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlash hamda ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor beradi.