Ilmiy faoliyat
Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasida bugungi kungacha 30 ga yaqin Davlat dasturlari va xalqaro dasturlar doirasida ilmiy ishlar hamda xo‘jalik shartnomalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Jumladan, hozirgi kunda “Turli normal va patologik sharoitlarda (neyrodegenerativ kasalliklar, gipoterioz, autoimmun jarayonlar, qandli diabet va boshqa metabolik buzilishlar) organizmning fiziologik, biokimyoviy hamda molekulyar ko‘rsatkichlarini o‘rganish, shuningdek, biologik faol birikmalar yordamida ularni korreksiyalashning ilmiy asoslarini yaratish” yo‘nalishidagi fundamental ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Kafedra olimlari tomonidan hozirgi kunda quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda:
- Ingichka ichakning gidrolitik va transport funksiyasi boshqarilishida buyrak usti bezlari ishtiroki
- Hayvonlarda surunkali tajribalarda ovqat hazm qilishning substrat va parasubstrat boshqarilish mexanizmlari
- Развитие гидролитических систем потомства в зависимости от тиреоидного статуса матери
- Развитие гидролитичесо-тарнспортных систем в зависимости от гормонального статуса матери и потомства
- Развитие ферментных систем начального и заключительного этапов гидролиза углеводов, белков и липидов в онтогенезе овец
- Оғиз орқали иммундволаш
- Развитие ферментных систем начального и заключительного этапов гидролиза углеводов, белков и липидов в онтогенезе овец
- Состояние реакций ПОЛ и обновления липидов в мембранах форменных элементов крови и кровеносных сосудах при инсулиновой недостаточности
- Регуляторное действие некоторых пестицидов на уровень митохондрий
- Гепатитда жигар митохондриясида энергия алмашинуви ва перекисли оксидланишни флавосан ва дадзин билан коррекциялаш
- Кверцетин ва хаплогенин-7-глюкозидни митохондрияда энергия, фосфолипид алмашинувига ва липидларнинг перекисли оксидланишига таъсири .
- Gipotireozli va gipertireozli sharoitda orgaizm antioksidant sistema va gematologik kòrsatkichlarining o‘zgarishiga ayrim polifenollarning korreksiyalovchi ta’siri
- Хирургические методы стерилизации маточных труб
- Гепатитда жигар митохондриясида энергия алмашинуви ва перекисли оксидланишни флавосан ва дадзин билан коррекциялаш
- Eksperimental gepatitda kalamush jigari mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalashning yangi aspektlari
- COVID-19 ga chalingan organizmlar faoliyati tiklanish davrining fiziologik mexanizmlari
- Изучение влияния биологически активных соединений на изменение динамики [Са2+] в синаптосомах головного мозга крыс
- Anacanthotermes ahngerianus jacobs turi termitlari ayrim funksional ko‘rsatkichlarining bioritmlari
- Eksperimental pankreatitda uglevodlar gidrolizi va so‘rilishi
- Yangi 3-asetoksiglitserret kislotasi amidlarining yallig‘lanishga qarshi faolligini o‘rganish
- Изучение физиология пищеварении тутового шелкопряда.
- O’spirin va yosh qizlarda tana kompozitsiyasi va ovqatlanish xatti-harakatlari
Kafedra olimlari tomonidan bugungi kungacha 50 ta darslik, o’quv qo’llanmalar, guvoxnomalar, 35 ga yaqin monografiya, Scopus va Web of Science xalqaro bazasidagi nufuzli jurnallarda maqolalar e’lon qilingan.
Xalqaro hamkorlik
Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi dunyoning bir qator davlatlari, jumladan, Rossiya, AQSH, Polsha, CHexiya, Belarusiya, Hindiston, Xitoy, Avstriya, Germaniya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarining olimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgan. Bu yo‘nalishda amalga oshirilga ishlar o‘rnida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
- Garvard va Florida universitetlari, AQSh
- Belarus davlat universiteti qoshidagi Saxarov nomidagi xalqaro davlat ekologiya instituti
- Vaginingen universiteti,
- Chehiya Tabiy fanlar universiteti, Chehiya
- P.Pavlov nomidagi fiziologiya instituti, Rossiya,
- Qizilo’rda davlat universiteti, Qozogiston
- Аngliya Qirollik universiteti, Аngliya
- Hexingen universiteti, Germaniya
Hozirgi kungacha quyidagi Xalqaro loyihalar bajarilgan:
- IL-4821091572 “Qalqonsimon bezning autopatologiyasi va uning me’da osti bezidagi asoratlarini nutritiv korreksiyalashning fundamental asoslari” (2022-2024 yy.) Belarus –O’zbekiston. Loyiha rahbari prof. Kuchkarova L.S.
- А-ОТ-2021-380 «Создание биостимуляторов с пептидной связью, используемых в качестве биодобавки для корма крупного рогатого скота» Loyiha rahbari dots. Kaxarov B.A.
Hozirgi kunda AQSH, Turkiya, Belorussiya, Xitoy olimlari bilan hamkorlikda turli mavzularda ilmiy loyihalar ustida ishlab, ularni grant shaklida bajarish ishlari olib boriloqda.
AQSh universitetlari bilan hamkorlik
O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti tomonidan Harvard University hamda University of Florida kabi dunyoning nufuzli oliy ta’lim va ilmiy markazlari bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik aloqalari universitetimizning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzi va salohiyatini yanada mustahkamlamoqda.
Mazkur hamkorliklar doirasida O‘zMU professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilari va talabalari xalqaro ilmiy loyihalar, akademik almashinuv dasturlari, konferensiyalar hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, biologiya, fiziologiya, global salomatlik va biotibbiyot yo‘nalishlaridagi hamkorliklar universitetimiz ilmiy maktabining xalqaro darajadagi raqobatbardoshligini namoyon etmoqda.
Bunday xalqaro aloqalar O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarining ilmiy salohiyatini rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va kelajakda global ilm-fan maydonida munosib o‘rin egallashlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Belarus davlati universitetlari bilan hamkorlik
O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Belarus Respublikasining yetakchi oliy ta’lim va ilmiy markazlari bilan ham samarali xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Sakharov International State Ecological Institute of Belarusian State University bilan ilmiy hamkorlik doirasida IL-4821091572-sonli “Qalqonsimon bezning autopatologiyasi va uning me’da osti bezidagi asoratlarini nutritiv korreksiyalashning fundamental asoslari” mavzusidagi Belarus–O‘zbekiston xalqaro ilmiy loyihasi 2022–2024-yillar davomida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Mazkur loyiha autoimmun qalqonsimon bez kasalliklari va ularning oshqozon osti beziga ta’sirini o‘rganish, shuningdek, nutritiv korreksiya orqali patologik jarayonlarni yengillashtirishning fundamental mexanizmlarini tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy fiziologiya va biotibbiyot yo‘nalishlari uchun muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Loyiha ilmiy rahbari — L.S. Kuchkarova bo‘lib, ushbu xalqaro hamkorlik O‘zMU olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faolligi va ilmiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

