Begmatova Dilfuza Abdullajonovna 1995 yili hozirgi O‘zMUning Fizika fakultetini tamomlagan. Begmatova Dilfuza Abdullajonovna 2005 yildan buyon pedagogika fanlari nomzodi.
Umumiy ish staji: 34 yil, shu jumladan pedagogik ish staji 24 yil.
1989-1993 yy. – Toshket davlat universiteti fizika fakulteti talabasi. 1993-1996 yy. – Toshket davlat universiteti fizika fakulteti «Yadro va kosmik nurlar fizikasi» kafedrasi laboranti.1996-2001 yy. – Toshket davlat universiteti fizika fakulteti «Fizikani o‘qitish metodikasi va tarixi» kafedrasi laboratoriya mudiri. 2001-2005 yy. – Toshket davlat universiteti Fizika fakulteti «Fizikani o‘qitish uslubi va tarixi» kafedrasi assistenti. 2005-2011 yy – O‘zbekiston Milliy universiteti «Umumiy fizika va fizikani o‘qitish uslubiyati va atmosfera fizikasi» kafedrasi dotsent v.b. 2011-2013 yy – O‘zbekiston Milliy universiteti «Umumiy fizika» kafedrasi dotsenti. 2013-2017yy – O‘zbekiston Milliy universiteti «Umumiy fizika» kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi va 2017 yildan hozirgi vaqtgacha «Umumiy fizika» kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib keladi.
Begmatova Dilfuza Abdullajonovna kafedra mudiri vazifasi bilan birga kafedrada zamonaviy o‘qitish usullari, yangi pedagogik va axborot innovatsion texnologiyalar, soha fanlariga oid videokurs, elektron qo‘llanma, slayd-taqdimot, multimediali ta’lim resurslaridan foydalanadi.
D.A.Begmatova kafedraning ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarida faol ishtirok etadi. O‘qiladigan fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarni muntazam tarzda takomillashtirib boradi. O‘quv jarayonini uslubiyot jihatidan ta’minlashda ishtirok etib kelgan. Pedagoglik faoliyati davomida 5 nafar fan nomzodiga, 2 dan ortiq magistrlik dissertatsiya ishlariga va 25 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlik qilgan, 4 tadan ortiq dissertatsiya ishlari avtoreferatiga taqriz bergan.
D.A.Begmatova rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (fizika) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant B.A.Yakubova va mustaqil izlanuvchilar D.K.Nasriddinov, X.Ergashevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
D.A.Begmatova O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazida “Tabiiy fanlar” yo‘nalishi fizika bo‘limida Kengash a’zosi sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim darsliklarining 11-sinf va 6-sinf (ixtisoslashtirilgan) maktablar uchun darsligiga taqriz bergan.
D.A.Begmatova universitet va fakultet jamoa ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Bir necha yillardan beri fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi, O‘zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti «Umumiy fizika” kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Milliy universiteti fakultet Kengash a’zosi, fakultet maktab va litseylar bo‘yicha mas’ul, fakultet Ilmiy texnik Kengash kotibasi, fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi vazifalarini bajarmoqda.D.A.Begmatova rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (fizika) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar nomzodlik dissertatsiya ishlarini vaqtida himoya qilgan, jumladan
D.A. Begmatovaning grantlarda ishtiroki
Begmatova Dilfuza Abdullajonovna jami 104 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar e’lon qilgan, shundan, 2 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy maqola. Ushbu ilmiy ishlardan hozirgi kunda bakalavriat va magistratura talabalari ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda foydalanmoqdalar.