Polvonov Satimboy Rajapovich – 1960 yilda Xorazm viloyati Hazarasp tumanida tavallud topgan. 1982 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU) Fizika fakultetini tugatgan. S. Polvonovning 200 dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan, 2 ta monografiyasi, 5 ta darsligi va 10 ta o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan, 30 dan ortiq ilmiy maqolalari esa MDH mamlakatlari va uzoq chet ellardagi, jumladan Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan.
S.R. Polvonov rahbarligida bir nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari va bir nafar talaba esa “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan. O‘n nafar talaba respublika miqyosida fizika fanidan talabalr orasida o‘tkazilgan fan olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rnlarni egallashdi.
S.R. Polvonov “O‘zMU xabarlari”, “Journal of Fundamental and Applied Research”, “Uzbek Journal of Modern Physics” va Belorussiya respublikasi Belarus davlat universiteti «Journal of Fundamental and Applied Physics»ilmiy jurnallari tahrir hay’ati a’zosi.
S.R. Polvonov Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligining (MAGATE) RER0049/YeVT2201691 – Yadro va radiasion xavfsizlik bo‘yicha ta’lim va kadrlar tayyorlash dasturlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi loyihasining O‘zbekistondagi koordinatori hisoblanadi.
O‘zFA Yadro fizikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01 raqamli ilmiy kengash, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzurida Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli ilmiy kengash, O‘zR FA Fizika-texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01 raqamli kengashlar a’zosi sifatida respublikada malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha ham faoliyat olib bormoqda
S.R. Polvonov 2016 yildan 2017 yilgacha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Quyi energiyalar fizikasi” kafedrasi mudiri, 2017 yildan 2024 yilgacha “Yadro fizikasi” kafedrasi mudiri va 2024 yildan hozirgi vaqtgacha “Yadro fizikasi va astronomiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
S.R. Polvonov 2025 yilda «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.