Men Rajabov Suyunjon Muhiddin o’g’li 1990-yil 11-dekabrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Yomchi qishlog’ida ziyoli oilada tug’ilganman. Otam Sharipov Muhitdin Rajabovich hozir pensiyada, pensiyaga qadar Mirzo Ulug’bek jamoa xo’jaligi Xazinachisi lavozimida ishlagan. Onam Begimova Sohiba To’xtamishevna hozir pensiyada, pensiyaga qadar lavozimida ishlagan. Ukam Rajabov Islomjon Muxiddin o’g’li Shahrisabz tuman 4-o’rta ta’lim maktabida Matematikadan dars berib kelmoqda. 1998-yilda Shahrisabz tumani 64-tayanch maktabi(hozirgi 23-o’rta ta’lim maktabi)ga 1-sinfga qabul qilinganman. 2004-yilda Shahrisabz tumanida joylashgan M.Ali Qushchi nomidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o’qishni davom ettirganman. Maktabni tamomlab, 2008-yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Mexanika-matematika fakultetiga o’qishga qabul qilinganman. U yerni 2012-yilda qizil diplomda tamomlab, shu yerga shu yerning o’zida magistraturaga boshqichiga qabul qilindim. Magistraturani ham a’lo baholarda tamomlab, Matematik anali kafedrasida “Kabinet mudiri” lavozimida ish boshladim. 2016-yildan shu kafedrada pedagog sifatida faoliyatimni boshladim. Pedagogik faoliyatim davomida “Toshkent temir yo’l muhandislari instituti”da ham ishladim. 2022-yilda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida stajyor-tadqiqotchi, 2023-2024-yillarda Tayanch-doktorant bo’ldim. Hozirgi kunda o’zim tugatgan O’zbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasida ishlab kelmoqdaman.