Saymanov Islambek Mirzabaevich hozirda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti Axborot xavfsizligi kadefrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritadi.
Ta’lim
I.M. Saymanov 2016-yilda bakalavr bosqichini, 2018 yilda magistr bosqichini Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tamomlagan.
2023-yilda 05.01.05 – “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
2025-yilda esa “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot va kiberxavfsizlik” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.
Ilmiy faoliyat va qiziqish yo‘nalishlari
Saymanov Islambek Mirzabaevich axborot xavfsizligi bilan bir qatorda IoT xavfsizligi, Kriptografiya, Suniy intellekt, va Kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida ham ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
U 50 dan ortiq ilmiy maqola hamda 1 ta darslik va 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi bo‘lib, bir nechta ilmiy loyihalarda ishtirok etgan. Shu bilan qatorda Elsevier nashryotining «Internet of Things» (Scopus bazasida Q1-kvartilli), «Journal of Information Security and Applications» (Q1-kvartil), «Engineering Applications of Artificial Intelligence» (Q1-kvartil), «Alexandria Engineering Journal» (Q1-kvartil) va IEEE nashryotining IEEE ACCESS (Q2-kvartil) hamda MDPI nashriyotining «Mathematics» (Q1-kvartil), «Symmetry» (Q2-kvartil), «Cryptography» (Q1-kvartil), «Telecom» (Q2-kvartil), «Sensors» (Q2-kvartil) jurnallarining maqolalariga ilmiy taqriz qilgan.
Shu bilan qatorda 2025 yilda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan «English for Science» kursini muvafaqqiyatli tomomlagan.
Ilmiy loyihalari:
Hozirgi kunda Erasmus+ CBHE dasturida CYBER4CA – Development of Innovative Graduate Educational Program in Cyber Security for the Digital Labor Market of Central Asia (2025-2028) loyiha ishtirokchisi.
Erasmus+ Programme bo’yicha 2025-PT01-KA171-HED-000339170 (2025-2028) loyihasi asosida xodimlar harakatchanligi (Staff Mobility) tanlovi g’olibi. (Aveiro universiteti)
Oliy ta’lim, fan va Innovatsiya vazirligi huzuridagi Innovatsiya agentligi tomonidan moliyalashtirilgan «AL-9424104925-Ekologik tizimning biologik holatini monitoring qilishning matematik va algoritmik intellektual usullari (Orol dengizi poligoni misolida)» amaliy loyihaning rahbari sanaladi. (2025-2027)
Taklif etilgan professor:
2023 yilda Malayziyaning Terengganu universitetida;
2024 yilda Qozog’iston Respublikasi Almata shahrida joylashgan Al-Farabi Universitetida;
2025 yil Xitoy Xalq Respublikasi Jiaxing shahrida joylashgan Jiaxing universitetida taklifga asosan ilmiy ma’ruzalar qildi.