Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

Kafedra mudiri Tojiyeva Zulxumor Nazarovna  2019-yil 18-martdan hozirgi kunga qadar Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Z.N.Tojiyeva o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini 1993-yil 18-iyun oyidan boshlab Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) qoshidagi “Aholishunoslik ilmiy–tadqiqot laboratoriyasi”da laborantlikdan boshlagan. U, 1993-yil 10-dekabrdan 1998-yilgacha xuddi shu universitetning, Geografiya fakultetida 11.00.02 – Iqtisodiy va sotsial geografiya ixtisosligi bo‘yicha aspiranturada tahsil oldi. Z.N.Tojiyeva 1998-yildan 2006-yilgacha O‘zMU Geografiya fakulteti, Ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, 2006-2007 yillardan esa “Demografiya kafedrasi”ga kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.

Z.N.Tojiyeva nafaqat asosiy o‘quv, ilmiy faoliyati bilan balki, fakultet tashkiliy ishlarida ham faol ishtirok etib keladi. Binobarin, 1998-2000 yillari Z.Tojiyeva Geografiya fakulteti ilmiy kengash kotibi, 2000-2003 yillar fakultet Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2007-2016 yillar fakultet Sifat komissiyasi raisi lavozimlarida ham ishlagan. Z.N.Tojiyeva 2016-yildan buyon O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hamda DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi.

Tojiyeva Zulxumor Nazarovna iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, geodemografiya, aholi geografiyasi va demografiya asoslari yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, kafedra, fakultet va universitet reytingi oshirishga qaratilgan ishlarda xorijliklarni kafedrada dars o‘tishga jalb etish, Top 1000 talikka kiruvchi universitetlarda ma’ruzalar o‘qish, kafedraga yosh mutaxassislarni ishga jalb qilish, xorijda malaka oshirish kabi dolzarb va ahamiyatli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Moskva Davat universiteti, Sankt Peterburg Davlat universiteti, Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (VShE), Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN) va Qozon Federal universiteti, Yaponiyaning Xitotsubashi, Tenri universiteti olimlari bilan qo‘shma dastur, hammualliflikdagi ilmiy ishlar va loyihalar ustida ish olib bormoqda. Mazkur ushbu ishlar natijasida 2022-2024 o’quv yilida 10 ta  xorijliklarni kafedrada dars o‘tishga jalb etdi.

2021-2022 va 2023-2024 yillarda Rossiya Federatsiyasining Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida Oliy iqtisodiyot maktabi (VShE, Demografiya institutida malaka oshirib kelindi. Shuningdek, 2021-2022 yillar Chexiyaning Karlova universitetida Demografik prognozlashtirish dasturida stajirovka o‘tadi. Bundan tashqari Rossiyaning QFU va Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetlarida (RUDN) o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etildi.

Z.N.Tojiyevaning ilmiy izlanishi “O‘zbekiston demografiyasi” mavzusida bo‘lib, 1998-yilda “Jizzax viloyati aholisi ko‘payishi va joylanishining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari” mavzusida nomzodlik ishini, 2017-yili “O‘zbekiston Respublikasi demografik jarayonlari va ularning hududiy xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) ni yoqladi. Respublika va xalqaro ilmiy jurnal va to‘plamlarda jami bo‘lib 200 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari e’lon qilingan. Bundan tashqari, 12 ta o‘quv, o‘quv metodik ishlari, 4 ta ilmiy monografiyasi chop etilgan. Uning 40 dan ortiq ilmiy maqollari O‘zbekiston, MDH mamlakatlari va uzoq chet ellardagi davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Shu kunga qadar Z.N.Tojiyevaning ilmiy rahbarligida 40 dan ortiq magistrlar, 2 ta xorijlik mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilar va 5 ta tayanch doktorant (PhD), 1 ta doktorlik (Dsc) dissertatsiyalari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, muvafaqqiyatli himoya qilishdi.

Uning ilmiy rahbarligida tadqiqotchi– N.N.Yuldashev “Qashqadaryo viloyatida mehnat resurslari shakllanishining ijtimoiy-demografik omillari va hududiy xususiyatlari” mavzusida 2019-yil  geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini; 2022-yil L.Z.Ibragimov “Janubi-g‘arbiy o‘zbekistonda aholi bandligining iqtisodiy geografik  xususiyatlari” mavzusidagi geografiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasini, 2023-yilda B.M.Musayev “Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlari rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari”  va O.I.Sherxolovlar “Navoiy viloyati aholisi o’sishi va joylanishining geografik muammolari” mavzularida geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini; 2024-yilda M.Sh.Sabirova “Toshkent iqtisodiy rayoni aholisi oilaviy tarkibining geodemografik muammolari”, Zhao Yongfeng “Ichki Mongoliya (Xitoy Xalq Respublikasi) Xuanxe daryosi havzasida yangi turdagi urbanizatsiya jarayoni va atrof-muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etish masalalari”, Zheng Hui “Ichki Mongoliyada (Xitoy Xalq Respublikasi) aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etish masalalari” mavzularida geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini va A.A.Olimova “Tarixiy taqqoslash va kartografik usullar yordamida talabalarda analitik ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoya qildi.  Tojiyeva Zulxumor Nazarovna mehnat qonunchiligida belgilangan intizomga rioya qiladi, qat’iyatliligi bilan jamoada obro‘ qozongan.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar