Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

1976–1981 yy. – Talaba, Amaliy matematika va mexanika fakulteti, ToshDU

1981–1984 yy. – Aspirant, Amaliy matematika va mexanika fakulteti, ToshDU

1992–1994 yy. – Doktorant, Amaliy matematika va mexanika fakulteti, ToshDU

ILMIY DARAJA VA UNVONLARI

1986-yil – Fizika-matematika fanlari nomzodi

(Samara universiteti, Samara shahri, mutaxassislik – 01.02.04 – deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi)

Dissertatsiya mavzusi:

“Elastik-plastik transversal izotrop parallelepipedning muvozanati”

(Ilmiy rahbar: prof. B.E. Pobedrya)

1995-yil – Fizika-matematika fanlari doktori

(ToshDU, Toshkent shahri, mutaxassislik – 01.02.04)

Dissertatsiya mavzusi:

“Anizotrop plastiklik nazariyasining ayrim masalalari”

(Ilmiy maslahatchi: prof. B.E. Pobedrya)

2009-yil – Professor

PEDAGOGIK FAOLIYATI

1985–1987 yy. – Informatika kafedrasi assistenti, ToshDU

1987–1992 yy. – Hisoblash matematikasi kafedrasi dotsenti, ToshDU

1992–1994 yy. – Hisoblash matematikasi kafedrasi doktoranti, ToshDU

1995–1997 yy. – Hisoblash matematikasi kafedrasi dotsenti, ToshDU

1998–2005 yy. – “Kompyuter texnologiyalari va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi mudiri, ToshDU

2005–2010 yy. – Dasturlash va tarmoq texnologiyalari kafedrasi mudiri, Mexanika-matematika fakulteti, O‘zbekiston Milliy universiteti

2010–2011 yy. – Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi mudiri, Mexanika-matematika fakulteti, O‘zbekiston Milliy universiteti

2011–2013 yy. – Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2013–2020 yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori

2020 yildan hozirgi vaqtgacha – “Mexanika va matematik modellashtirish” kafedrasi professori, Matematika fakulteti, O‘zbekiston Milliy universiteti

ILMIY IZLANISHLAR YO‘NALISHLARI

  1. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi
  2. Izotrop va anizotrop materiallar plastiklik nazariyasi
  3. Izotrop va anizotrop materiallar termoplastiklik nazariyasi
  4. Qattiq jismlar mexanikasining sonli usullari
  5. Chekli elementlar usuli (ChEU)
  6. Kuchlanishlar bo‘yicha masalalar

ILMIY LOYIHALARDA ISHTIROKI

1F – “Oddiy va murakkab yuklanishlarda anizotrop jismlar plastikligining matematik va sonli modellari” (2016–2020 yy.)

PF-14 – “Anizotrop materiallar uchun bog‘langan termoplastiklik va termoviskoplastiklik masalalari” (2012–2016 yy.)

1F-127 – “Plastiklik nazariyasi va qattiq jismlarda to‘lqinlar tarqalishi nazariyasi muammolari” (2007–2011 yy.)

1F4-11 – “Elastik-plastik tolali kompozit materiallar deformatsiya jarayonini modellashtirish” (2003–2007 yy.)

MONOGRAFIYALAR VA METODIK ISHLAR

  1. Xaldjigitov A.A., Kalandarov A.A., Yusupov Yu.S. Termoelastiklik va termoplastiklikning bog‘langan masalalari. – T.: “Fan va texnologiya”, 2019. – 204 bet.
  2. Xaldjigitov A.A., Xudazarov R.S., Sag‘dullayeva D.A. Anizotrop jismlar plastiklik va termoplastiklik nazariyalari. – T.: “Fan va texnologiya”, 2015. – 320 bet.
  3. Xaldjigitov A.A. Anizotrop plastiklikning ayrim muammolari. O‘zbekiston Milliy universiteti, 1993. – 167 bet. (Monografiya)
  4. Xaldjigitov A.A., Jamalov Z. Chekli va chegaraviy elementlar usullari.ToshDU, 1994. – 64 bet.
  5. Xaldjigitov A.A., Ismatullayev G.P. Samarali iteratsion usullar. ToshDU, 1996.
  6. Xaldjigitov A.A., Fayozov K. Funksiyalarni yaqinlashtirish usullari.ToshDU, 1992.
  7. Kurmanbayev B., Polatov A., Xaldjigitov A.A. Amaliy masalalarni chekli elementlar usuli yordamida modellashtirish.2004. – 80 bet.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar