Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

Xamzaeva Janat Temirbekovna – 1984 yil 27 mayda Toshkent viloyati Toshkent tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. U 1991 yilda Toshkent tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga borib, 2001 yilda shu maktabning 11-sinfini tugatgan. 2002 yili test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Gidrometeorologiya yo‘nalishining 1 kursiga o‘qishga qabul qilingan. Mazkur yo‘nalishni 2006 yilda bitirib, magistraturaga qabul qilingan. 2005-2007 yillarda Toshkent tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida geografiya fani o’qituvchisi, 2007-2014 yillarda Zangiota tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida geografiya fani o’qituvchisi. 2014–2016 yy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2016-2018 yy. “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi o‘qituvchisi, 2018-2020 yy.  “Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2020 yil “Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2021 yil “Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasi tayanch doktoranti, 2022-2023 yy “Gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi” kafedrasi tayanch doktoranti, 22.01.2024 y. “Gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 01.11.2024 y.– h.v. “Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya” kafedpasi katta o‘qituvchisi. 1 ta monografiya va 1 ta atlas hammuallifi, 40 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xalqaro (3 ta skopus) davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan, 20 ga yaqin BMI ishlariga rahbarlik qilgan.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar