Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Tianjin universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda

Bugun, 6-sentyabr kuni, Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi oliygohlaridan biri Tianjin universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi.

Prezident Jin Donghan boshchiligidagi xorijiy universitet vakillari bilan O‘zMU tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova hamda amaliy matematika va informasion texnologiyalar fakulteti dekani Zafar Rahmonovlar o‘zaro muzokara olib borishdi.

Uchrashuv avvalida tomonlar ikki universitet faoliyati, tuzilmasi, yo‘nalishlar va mutaxassisliklar to‘g‘risida axborot almashishdi. Ma’lumot o‘rnida, Tianjin universitet QS WUR reytingida 269 va THE reytingida 201-o‘rinni zabt etib, bir qancha fan yo‘nalishlari bo‘yicha ham yaxshi natijalarni qayd etgan.

Uchrashuvda tomonlar kelgusida faol hamkorlik aloqalari rivojlantirish, amaliy matematika va intellektual texnologiyalar yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish hamda yosh o‘qituvchilar stajirovkalarini amalga oshirishni kelishib oldilar.