Trenganu universiteti
Malayziyaning Trenganu universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy Universitetida.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti hozirgi kunda Malayziyaning ko‘plab universitetlari bilan hamkorlikda ish olib borib, memorandumlar imzolangan. Bunga misol qilib, Malayziyaning Trenganu universiteti bilan 2021-yilda imzolangan memorandumni aytishimiz mumkin.
2023-yil 19-dekabr kuni Malayziyaning Trenganu universiteti Vitse kansleri Prof. Datoʻ Dr. Mazlan bin Abd Ghaffar boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvni Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Shuxrat Toshmatov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Yoqub Ergashov boshchiligidagi OʻzMU xodimlari kutib olishdi. Uchrashuvda Malayziyaning Trenganu universiteti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ikki universitetning ilmiy laboratoriyalaridan birgalikda foydalangan holda tadqiqotlar olib borish, tuproqshunoslik yoʻnalishida Orol dengizi muammosini bartaraf etish yoʻllarini oʻrganish xususida takliflar bildirildi.
Shu bilan birga ikki universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish maqsadida hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, birgalikda talabalar uchun yozgi maktablar tashkil qilish, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar akademik mobilligini yanada kengaytirish boʻyicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida yuqorida sanab oʻtilgan yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshirish uchun koordinatorlar belgilanib, zoom uchrashuv oʻtkazishga kelishib olindi.
Malayziyaning Terengaun Universiteti Vakillari Bilan Uchrashuv
2022 yil 20-sentabr kuni Malayziyaning Terengaun universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori professor Mohd Zamiri Bin Ibrahim boshchiligidagi degelatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda mazkur universitet bilan mavjud anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida muzokaralar o‘tkazildi.