Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Universitet huzuridagi Bo‘ston axborot telekommunikatsiyalari texnikumiga tashrif

2022-yilning 15-mart kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitet huzuridagi Bo‘ston (Ellikqaʼla tumani) axborot kommunikatsiyalari texnikumiga tashrif buyurdi. Ushbu texnikum 1050 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 4 ta yo'nalish bo‘yicha 304 nafar o‘quvchi tahsil olishmoqda.
Tashrif davomida texnikum hududida obodonlashtirish ishlari, o‘quvchilar turar joylari, o‘quv binolari ahvoli, axborot-resurs markazi, o‘quv-uslubiy taʼminot holati va ularda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. O‘quvchilar va o‘qituvchi-xodimlar bilan suhbatlashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi, kerakli tavsiyalar berildi hamda o‘quvchilarni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.
Tashrif yakunida texnikum yotoqxonasi uchun krovatlar va taʼmir ishlari uchun zurur mablag‘lar ajratish, o‘quv binolariga kerakli jihozlar, axborot-resurs markazini zarur adabiyotlar bilan taʼminlash hamda o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida o‘quv auditoriyalarga elektron doskalar, audio va videodarsliklar o‘tish uchun multimedia proyektorlari, zamonaviy kompyuter sinflarini tashkil qilish bo‘yicha masalalar kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati