Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

UNIVERSITET VA MAKTAB HAMKORLIGI

10-may kuni Universitet va maktab hamkorligi bo'yicha imzolangan Yo'l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi" kafedrasi professorlari Ibodulla Ergashev va Odil Musayev, dotsentlar Oynisa Muxammadiyeva va Jamshid Yusubovlar Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 12-umumtaʼlim maktabida bo'ldi.
O'quvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi va oliy talim sohasidagi islohotlar yuzasidan ma'lumotlar berildi. Universitet va maktab hamkorligida bir qator tadbirlar, ekskursiyalar tashkil etilishiga kelishib olindi.
Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan chop etilgan kitoblar maktab kutubxonasiga taqdim etildi. Ichki testda eng yoquri ball olgan 10-sinf o'quvchisi Ro'zimurod Otabekovga kitob sovg'a qilindi va 8-sinf o'quvchisi Iroda Maxmudova Ustoz-shogird an`anasini davom ettirish maqsadida dotsent O.Muxammadiyevaga shogirdlikka olindi.

O`zMU Axborot xizmati