Media maydonida avj olayotgan g‘oyaviy kurashlar birinchi navbatda yosh avlod ongiga ta’sir ko‘rsatishi bilan xavflidir. Media savodxonlik va axborot madaniyatidan tortib, kiberhujumlar, kiber bulling hamda infoetika masalalarigacha qamrab olingan ushbu tadbirda Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va respublikamiz oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar hamda yosh tadqiqotchilar o‘ta dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiya doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan oliy ta’lim tizimiga mediata’limni samarali tatbiq qilish borasida faol hamkorlik qilish, hammualliflikda o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, birgalikda forum va konferensiyalar o‘tkazishga kelishib olindi.
O’zMU Axborot xizmati