Kafedra mudiri
RAHMONQULOVA ZUMRAD BOYXO‘ROZOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Professor
Qabul kunlari:
Dushanba-Chorshanba, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Arxivshunoslik va manbashunoslik kafedrasi tarixi
“Arxivshunoslik va manbashunoslik” kafedrasi Tarix fakulteti tarkibida 1991-yili tashkil topgan va dastlab “Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik” kafedrasi deb nomlangan. 2024-yil oktabr oyidan boshlab “Arxivshunoslik va manbashunoslik” nomi bilan qayta o‘zgartirildi.
O‘tgan yillar davomida kafedrada respublikamizning taniqli tarixchi olimlaridan – professorlar N.A. Abdurahimova, Z.U. Choriyev, Sh.H. Vohidov, Sh.M. O‘ljayeva, Sh.S. Kamaliddinov, A.Bo‘riyev, S.B. Shodmonova, dotsentlar O.M. Toshmuxamedov, G.V. Dmitriyev, F.R. Ergashev, Y.Qodirovalar uzoq yillar davomida faoliyat olib borganlar.
Hozirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonda manbashunoslik va arxivshunoslik sohasini rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarix yo‘nalishi talabalariga Manbashunoslik va tarixshunoslik, Tarixiy geografiya, Eski o‘zbek yozuvi, Muzeyshunoslik va arxivshunoslik; arxivshunoslik yo‘nalishi talabalariga O‘zbekistonda davlat muassasalari tarixi, O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi, Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti, Audiovizual hujjatlar manba sifatida, Muzeyshunoslik va kutubxonashunoslik, Sharq tillarida matnlarni o‘qish metodologiyasi, Arxiv hujjatlarini saqlash, tiklash va qayta ishlov berish kabi fanlardan ma’ruzalar o‘qilib, ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Kafedrada quyidagi bakalav yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida dars mashg‘ulotlari olib boriladi:
Bakalavrlar yo‘nalishlari:
- 60220300 – Tarix
- 60320300 – Arxivshunoslik
Magistratura mutaxassisligi:
- 70220302 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
- 70320301 – Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik
Kafedra tarkibi
Xamidova Muxabbat Samandarovna
Professor
Batafsil
Saidboboyev Zokirjon Abdukarimovich
Professor
Batafsil
Saidboboyeva Gulzora Nematjonovna
Dotsent
Batafsil
Duschanov Rasuljon Raximbayevich
Dotsent
Batafsil
Choriyev Sherzodjon Shokirjonovich
Dotsent
Batafsil
Botirov Elbek Alisherovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Iofe Valeriy Grigorevich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Mo‘soyev O‘mirzoq O‘roqboyevich
Assistent
Batafsil
Yusupov Mansur Misirovich
Assistent
Batafsil
Ilmiy faoliyat
| № |
Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh |
Ilmiy darajasi, unvoni |
Dissertatsiya ishi mavzusi |
| 1 |
Rahmanqulova Zumrad Boyxo‘rozovna |
kaf. mudiri |
O‘rta Osiyo xonliklarining Usmoniylar davlati bilan o‘zaro aloqalari XX-XXI asr boshlari tarixshunosligida |
| 2 |
Saidboboev Zokirjon Abdukarimovich |
professor |
Evropada O‘rta Osiyoga oid tarixiy –kartografik ma’lumotlar(XVI-XIXasrlar) |
| 3 |
Burieva Xayriya Amanullaevna. |
dotsent |
Toshkent shahrining 1917-2007 yillardagi toponimiyasi va uning tarixiy aspektlari |
| 4 |
Xamidova Muhabbat Samandarovna |
dotsent |
O‘zbekistonning Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari tarixi |
| 5 |
Choriev Sherzodjon Shokirjonovich |
dotsent |
O‘zbekiston Milliy arxiv hujjatlarida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy tarixi (1924-1941 yillar) |
| 6 |
Zohidova Sahovat Abdukodirovna |
Dotsent v.b. |
Xojagon iyya-naqshbandiyya “Himoyat tizimi” va uning temuriylar (XV –XVI asrlar) ijtimoiy siyosatida tutgan muhim o‘rni va ahamiyati |
| 7 |
Saidboboeva Gulzora Ne’matjonovna |
Dotsent v.b. |
Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish tarixi (XIX asr oxiri XX asrning birinchi choragi) |
| 8 |
Shaydullaeva Guljahon Shopo‘latovna |
PhD o‘qituvchi |
Oks va Xarappa sivilizatsiyalarining madaniy aloqalari |
| 9 |
Nazarov Aziz Yoqubjonovich |
Katta o‘qituvchi |
O‘zbekiston Milliy arxividagi ilmiy jamiyatlar fondlari hujjatlari |
| 10 |
Yusupova Dildora Jo‘raqulovna |
o‘qituvchi |
Toshkent shahar tarixi tarixshunosligi (XIX asr oxiri –XX asr boshlari) |
| 11 |
Duschanov Rasuljon Raximbaevich |
o‘qituvchi |
O‘zbekistonda Sovet davlatining soliq siyosati tarixi (1946-1990 yy.) |
| 12 |
Botirov Elbek Alisherovich |
o‘qituvchi |
Turkiston ASSR bojxona ishi tarixi |
| 13 |
Xamroev Sunnat Allaberdievich |
o‘qituvchi |
Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixshunosligi |
| 14 |
Salomova Lutfiya Iskandarovna |
o‘qituvchi |
O‘zMA hujjatlari Turkiston ASSR sog‘liqni saqlash masalalariga oid manba |
So‘nggi yil ichida kafedra professor-o‘qituvchilarining 4 nafari fan doktori (DSc), 3 nafari PhD ilmiy darajasini hamda 2 nafari professorlik unvonini olishi natijasida, kafedra ilmiy salohiyati 2024-2025-o‘quv yilida 72% ga ko‘tarildi.
Bugungi kungacha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan:
- “Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasi” (X.Bo‘riyeva),
- “O‘zMA hujjatlarida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy tarixi” (Sh.Choriyev),
- “Temuriylar davrida shaharsozlik va me’morchilik” (M.Hamidova),
- “G‘arbiy Yevropa va Rossiyada O‘rta Osiyoga oid tarixiy-geografik va kartografik bilimlar rivoji (XVI–XX asr boshlari)” (Z.Saidboboyev),
- “O‘zbekistonning elektr energetika sanoati tarixi (1924–1991-yillar)” (G.Saidboboyeva),
- “O‘zbekistonda sovet davlatining soliq siyosati tarixi (1945 – 1991-yillar)” (R.Duschanov),
- “O‘zbekiston Milliy arxividagi Turkiston ilmiy jamiyatlari fondlari hujjatlari” (A.Nazarov)
monografiyalari nashr etildi. 2021-2026-yillarda xalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar soni bo‘yicha ham kafedrada samarali natijalarga erishdi. Xususan, kafedra o‘qituvchilari tomonidan Scopus, Web of Sciens, EBSCO, SOBİAD, Rins, bazasidagi va ixtisoslashgan xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy nashrlarda maqolalar nashr etmoqda. Kafedra mudiri t.f.n. prof. Z.B.Raxmonqulova va tarix fanlari doktori (DSc), prof. Sh.Sh.Choriyevlar Turkiya Respublikasi Istanbul universitetining (QS-620) “bilgi ve belge araştirmalari dergisi” jurnalining muharirlar a’zosi hisoblanadi.
Kafedrada tomonidan an’anaviy tarzda har ikki yilda “Tarixiy manbashunoslik muammolari” mavzusida respublika, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazib kelinmoqda. Kafedrada 2023-yilda AL – 442105887 sonli “Raqamli arxiv: O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarining onlayn yo‘lko‘rsatgichini yaratish” nomli amaliy loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida guides archive.uz platformasi 24/7 shaklida ishlab kelmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida o‘quv-amaliy xonasi tashkil etilgan. O‘quv va ilmiy jarayoni olib borishda kafedra “O‘zarxiv” agentligi, Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va respublika muzeylari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Xalqaro hamkorlik
Mahalliy va xorijiy hamkorlar :
2000-2010-yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari:
- N.Abdurahimova (AQSH),
- Sh.Vahidov (Fransiya),
- Sh.Kamoliddin (Turkiya, Angliya),
- O.Bo‘riyev (Germaniya)
- Z.Saidboboyev (Morakash),
- Z.Raxmonqulova (Angliya, Turkiya),
- X.Bo‘riyeva (Qozog‘iston),
- M.Hamidova (Rossiya)
lar xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashdi. 2010-2020-yillarda ham kafedraning bir qator o‘qituvchilari stajirovka o‘tab kelishdi. Jumladan, Sh.Choriyev 2016-yilda Hindiston, 2018-yil Latviyaning Latviya universitetida (top-267 talikka kiruvchi). 2020 yilda Liyepaya universitetida, 2022-yilda Turkiyaning Istanbul universitetida (QS 621-o‘rinda) stajirovkada bo‘ldi. Mazkur stajirovka davrida Mimar Sinan universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. G.Saidboboyeva 2017-yilda Hindiston, Z.Saidboboyev 2006-yilda AQSH, 2022-yilda Estoniyaning Tartu universitetida stajirovkada bo‘lib qaytdi. 2024-yilda Z.Rahmonqulova, Sh.Choriyev, Z.Saidboboyev, G.Saidboboyevalar Turkiya stajirovkada bo‘lib qaytdilar.
Mazkur yillarda kafedra professor-o‘qituvchilarining sa’yi harakati natijasida Mimar Sinan, Inonu universitetlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan. 2023-2024-yillarda Turkiyaning Marmara va Inonu universitetlari bilan Erasmus+ loyihasining KA131 / KA 171 yo‘nalishi bo‘yicha shartnoma imzolandi. Natijada loyiha doirasida kafedra professor-o‘qituvchilar Inonu universitetida stajirovkada bo‘ldilar.
Shu qatorda, “Arxivshunoslik va manbashunoslik” kafedrasi va Istanbul universiteti “Axborot va arxivshunoslik” kafedrasi o‘rtasida Arxivshunoslik bakalavr yo‘nalishi o‘quv rejasini ishlab chiqish, o‘quv adabiyotlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv-metodik va ilmiy ishlar almashinuvi ham yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yilda Z.B.Raxmonqulova, Sh.Sh.Choriyev, R.R.Duschanov, G.SH.Shaydullayeva, A.Y. Nazarovlar Istanbul universiteti ma’ruza o‘qib kelishdi.
Kafedraning o‘quv jarayoniga 2020-2021-o‘quv yilida 1 nafar, 2021-2022- yilda 7 nafar, 2022-2023-o‘quv yilida 7 nafar, 2023-2024-o‘quv yilida 15 nafar, 2024-2025-o‘quv yilida 11 nafar, 2025-2026-o‘quv yilida 7 nafar xorijiy mutaxassislar ma’ruza o‘qish uchun jalb etildi. Dars jarayoniga jalb etilgan xorijiy mutaxassislarning 13 nafari QS reytingi bo‘yicha top-1000 talikka kiruvchi al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, Tomsk Davlat universiteti, Istanbul universiteti, Rossiya Davlat gumanitar universiteti, Marmara, Inonu universiteti kabi xorijiy OTMlarning professor-o‘qituvchilari hisoblanadi.