O‘zbekiston Respublikasi Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi № 3390 sonli “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvoffiq 2018 yil fakultet xuzurida “Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi tashkil (5610518 – Sport faoliyati Taekvondo WT) qilindi. Hozirda kafedrada 71010300-“Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha)” magistratura ta’lim yо‘nalishi va 61010300 -“Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha)” Sport faoliyati (Taekvondo (WT)), Sport faoliyati (Regbi), Sport faoliyati (Kurash), Sport faoliyati (Dzyudo) Sport faoliyati (Erkin kurash)bakalavr ta’lim yo‘nalishlari mavjud.
Kafedraning asosiy maqsadi: Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy o‘qitish metodikasi, taekvondo (WT), Regbi, Kurash, Dzyudo sport turlarining rivojlanish tarixi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommukatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxasislari va trenerlarini ta’lim jarayonlariga jalb qilingan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali trenerlar va o‘qituvchilarni, iqtidorli talabalarni tarbiyalash, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok qila oladigan professional sportchilarni tayyorlash va sport sahasida qoniqarli bilimlarga ega hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga iqtidorli sportchilarni tayyorlashdan iborat.
Hozirda kafedrada yuqori malakali terner o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni saralash, xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok qila oladigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va uslubiyatlari ishlab chiqildi.
Kafedra xuzuridagi sport faoliyatlari (Taekvondo (WT), Regbi, Kurash, Dzyudo) ta’lim yo‘nalishlarida talabalarni bilim va ko‘nikmalarini yanada mustaxkamlash maqsadida universitet sport majmualarida to‘laqonli unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
“Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasida ta’lim berish, malakali mutaxasislarni tayyorlashda, jismoniy tarbiya va sport soxasi bo‘yicha ilmiy va uslubiy ma’lumotlar bilan ta’minlangan, bu bo‘yicha har o‘quv yili davrida o‘rtacha Scopus bazasi indeksatsiyasi huzuridagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop qilishi, 30 ga yaqin xalqaro va Respublika miqiyosida ilmiy maqolalar, 15 tadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 4 tadan monografiyalar chop qilinib talabalar bilim olishlari uchun zamin yaratildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan quyidagi monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan:
1. V.Raximov. “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish: talaba yoshlar orasida nazariy asoslar va amaliy yondashuvlar” nomli monografiya, O‘zMU Ilmiy-texnikaviy kengashining 29.11.2024-yildagi 11-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan.
2. I.Aliyev. “Kurashda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini rejalashtirishning ilmiy-nazariy asoslari” nomli monografiya, O‘zMU Ilmiy-texnikaviy kengashining 27.09.2024-yildagi 9-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan.
3. V.Raximov, I.Aliyev, B.Qo‘chqarov, U.Raximov, D.Kulikov. “Tanlangan sport turi bo’yicha mutaxasisslikka kirish (Regbi)” (61010300-“Sport faoliyati (Regbi)” ta’lim yo‘nalishiga foydalanishga mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 28.03.2024-yildagi 6-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan.
4. V.Raximov, U.Karimov, B.Davidov, N. Karimova,M.Ergasheva. “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” (61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 31.05.2024-yildagi 8-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan.
5. I.Aliyev. “Kurash nazariyasi va uslubiyati” (61010303-“Sport faoliyati (Kurash)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 22.12.2022-yildagi 4-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
6. I.Aliyev, O.Xudoyberganov, S.Muratov, M.Madaminov. “Oliy sport mahorati bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil qilish” (61010200-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 31.10.2024-yildagi 3-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
7. V.Raximov, A.Yadgarov “Sport marketingi” “Menijment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 31.05.2024-yildagi 8-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
8. I.Aliyev, B.Ibragimov. “Kurash nazariyasi va uslubiyati” (61010300-“Sport faoliyati (Kurash)” ta’lim yo‘nalishiga foydalanishga mo‘ljallangan darslik; OTFIVning 17.03.2022-yildagi 106-son buyrugiga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
9. I.Aliyev, B.Ibragimov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 28.12.2023-yildagi
4-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
10. U.Karimov, A.Xolova. “Yengil atletika nazariyasi va uslubiyoti” (61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 31.03.2023-yildagi 8-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
11. D.Umurkulova. “Sport harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” (61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 31.03.2023-yildagi 8-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
12. U.Karimov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” 61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 28.03.2024-yildagi 6-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
13. B.Qo‘chqarov, M.Ergasheva. “Sport pedagogikasini o‘qitish uslubiyoti” 61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 28.03.2024-yildagi 6-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
14. I.Nurmetova. “Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati (dzyudo)” 61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 28.03.2024-yildagi 6-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
15. I.Aliyev. “Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslari” 61010300-“Sport faoliyati (Faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 09.09.2022-yildagi 302-son buyrug‘iga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
16. I.Aliyev. “Kurash nazariyasi va uslubiyati” 61010303-“Sport faoliyati (Kurash)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 22.12.2022-yildagi 4-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
17. U.Karimov. “Tanlangan sport turlari nazariyasi va uslubiyati” 61010303-“Sport faoliyati (Kurash)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 22.12.2022-yildagi 4-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
18. V.Raximov, N.Karimova. “Suzishni о‘qitish metodikasi” 61010303-“Sport faoliyati (Kurash)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 22.12.2022-yildagi 4-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
19. B.Qo‘chqarov, B.Ibragimov, F.Ismaliov. “Regbi nazariyasi va uslubiyati” (Barcha mutaxasisliklar uchun mo‘ljallangan darslik; O‘zMU Kengashining 30.12.2022-yildagi 429-son buyrug‘iga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
20. A.Kadirov. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” (61010300-“Sport faoliyati (Taekvondo, regbi, kurash)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 22.12.2022-yildagi 4-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
21. V.Raximov, Sh.Nurmatova. “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyoti (Basketbol)” (61010301-“Sport faoliyati (kurash)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 22.12.2022-yildagi 4-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
22. U.Karimov. “Sport pedagogic mahoratini oshirish (kurash)” (61010300-“Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 28.03.2024-yildagi 8-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
23. B.Qo‘chqarov. “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyoti (Badminton)” (61010300-“Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zMU Kengashining 31.03.2023-yildagi 8-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
24. M.Raxmatullaev. “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyoti (Gandbol)” (61010300, 60112200, 60411200- (ta’lim yo‘nalishi (mutaxasiskigi)) ning talabalari uchun foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kengashining 09.09.2022-yildagi 302-son qaroriga muvofiq nashr ruxsatnomasi berilgan).
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida quyidagi mualliflik guvohnomalari olingan:
1. I.Aliyev. Kurash sport turi mutahasis va murabbiylar hamda kurash bilan shug‘ullanuvchi sportchilar uchun “KurashMax” veb dasturi (O‘zbekitson Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 14.11.2024-yilda DGU 44284-sonli guvohnomasi berilgan).
2. M.Ibragimov. Imkoniyati chеklangan talabalar uchun “Surd Wrestling” dasturi (O‘zbekitson Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 01.11.2023-yilda DGU 29152-sonli guvohnomasi berilgan).
3. I.Abdullayev. “Elastic ZI” sport uskunasi ishlanmasi dasturi (O‘zbekitson Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 20.04.2023-yilda DGU 006003-sonli guvohnomasi berilgan).
4. B.Qo‘chqarov, M.Saparboyev, N.Safarboyev. “Talabalar uchun EHM” (O‘zbekitson Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 31.10.2019-yilda DGU 07333-sonli guvohnomasi berilgan).
5. V.Raximov. “Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish turizmi elektron axborot ta’lim resursi” (O‘zbekitson Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 14.12.2021-yilda DGU 00492-sonli guvohnomasi berilgan).
6. V.Raximov, Q.Arzibayev, B.Qo‘chqarov, H.Yo‘ldoshov, U.M.Karimov. “Virtual workout in sport” (O‘zbekitson Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 17.03.2021-yilda DGU 003354-sonli guvohnomasi berilgan).
Talaba-yoshlarni iqtidorli va salohiyatli kamol topishida, kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxasisi bo‘lib tarbiyalanishida yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan 5 tadan ortiq sport to‘garaklari faolyati keng yo‘lga qo‘yildi.
Kafedrada xorijiy mamlakatlardagi nufuzli reytinga ega bo‘lgan (1000 talikka) universitetlar bilan o‘zaro manfaatli xamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan Koeraya Respublikasining “Dankuk”, “Yongin” va janubiy Kazoxiston davlatining “Muxtar Auvezov” nomidagi universitetlari, Jaxon taekvondo sport turini rivojlantirish fondi, Jaxon va Osiyo “Regbi” federatsiya rahbarlari bilan istiqbolli memorandum va shartnomalar imzolanib, bevosita xamkorlik a’loqar yo‘lga qo‘yildi. Kafedraga, nufuzli reytingdan o‘rin egallagan universitet olimlari jalab qilinib, talabalarga o‘zlarinig ma’ruzalari bilan ishtirok qilishlari yo‘lga qo‘yildi.
Kafedrada, talabalari sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga va sport malakalarini oshirish maqsadida universitet sport majmuasida muntazam shug‘ullanib kelishadi. Buning natijasida Osiyo, Jaxon hamda Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib davlatimiz bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarda ko‘tarishda o‘zlariining katta xissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Kafedramizda tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz orasida 4 nafar Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorlari, Jaxon chempionati g‘oliblari va sovrindorlari 17 nafar, Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari 29 nafar, nufuzli xalqaro musobaqalar va Respublika chempionatlari g‘olib va sovrindorlari 200 nafardan ortiq iqtidorli sportchilar tashkil etmoqda.
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bildirayotgan ishonchlari, talaba-sportchilarning o‘z imkoniyatlarini tolaqonli namoyish qilishlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishlari, bularning barchasi xalqaro maydonlarda o‘z kuchlarini namayon qila bilishlari zaruriyatini yaratadi.
Suzish havzasi
“Workout” sport majmuasi
Yopiq sport majmuasi (Tekvondo)
Yopiq sport majmuasi (Dzyudo)
Yopiq sport majmuasi (Kurash)
Yopiq sport majmuasi (Erkin kurash)
Ochiq sport majmuasi (Regbi)