Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi 2020-yil 7-oktabrda Milliy universitet Kengashining 2020-yil 16-sentabrdagi 2-sonli majlis qaroriga asosan “Qiyosiy tilshunoslik va tarjima nazariyasi” kafedrasi negizida mustaqil kafedra sifatida tashkil etilgan.
Kafedra mudiri – Sarimsokov Xurshid Abdimalikovich. 2024-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. 2023-o‘quv yilidan buyon kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra o‘zining yillik o‘quv rejalari asosida ta’lim-tarbiya hamda ilmiy faoliyatni samarali olib bormoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 36 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular tarkibida 1 nafar fan doktori, 9 nafar fan nomzodi, jumladan 1 nafar professor, 7 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, shuningdek o‘qituvchi va stajyor-o‘qituvchilar mavjud.
Kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari xalqaro hamkorlik dasturlari asosida Yaponiya, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Malayziya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim olish, malaka oshirish hamda ilmiy almashinuv dasturlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada tahsil olayotgan talabalar soni 1000 nafardan oshadi. Talabalarning aksariyati xorijiy tilni bilish bo‘yicha B2, C1 darajasiga ega.
Kafedra tomonidan har yili xalqaro va “Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari: Lingvomadaniyatshunoslik, Tarjimashunoslik, Qiyosiy Adabiyotshunoslik” nomli mahalliy ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etiladi. Shuningdek, kafedra talabalari ham respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda faol ishtirok etib, ilmiy tadqiqotlari bilan munosib qatnashib kelmoqdalar.
Xorijiy til va adabiyot
Kafedra mudiri
SARIMSOKOV XURSHID ABDIMALIKOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda: Xorijiy jurnallardagi maqolalar (xalqaro impakt faktorli – IF nashrlar): 2023/2024 o‘quv yilida 18 ta, 2024/2025 o‘quv yilida esa 22 ta maqola chop etilgan. Mahalliy (OAK) jurnallardagi maqolalar: 2023/2024 o‘quv yilida 51 ta, 2024/2025 o‘quv yilida 53 ta maqola nashr qilingan. Xorijiy, xalqaro va mahalliy konferensiyalarda ishtirok (konferensiyalar, ko‘rgazmalar, forumlar, simpoziumlar va ma’ruzalar): 2023/2024 o‘quv yilida 87 ta, 2024/2025 o‘quv yilida esa 180 ta ishtirok qayd etilgan. Scopus konferensiyalari: Hozirga qadar 5 ta Scopus konferensiyasida ishtirok ta’minlangan bo‘lib, yana 8 tasi rejalashtirilgan va kutilmoqda. Hamda hozirda kafedra miqyosida 5 ta tayanch doktorant va 10 ta mustaqil tadqiqotchi ilmiy faoliyat olib bormoqda.
Kafedra miqoyosida nashr etilgan adabiyotlar:
Darsliklar:
| № | Muallif(lar) | Nashr nomi |
| 1 | Sarimsokov X.A. | English grammar (French students) |
| 2 | Sarimsokov X.A. | English grammar (German students) |
| 3 | Jurayeva I.A. | Improvement of reading and writing skills |
| 4 | Jurayeva I.A. | Tillar o‘qitish metodikasi |
| 5 | Muminova M.O. | Teaching foreign language methodology |
| 6 | Turayeva D.I. | The language of mass media |
O‘quv qo‘llanmalar:
| № | Muallif(lar) | Nashr nomi |
| 1 | Nazirova Sh.O. | Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi |
| 2 | Jurayeva I.A. | Qiyosiy tipologiya |
| 3 | Jurayeva I.A. | Cultural studies of English-speaking countries |
| 4 | Ismailova R.S | Effective cultural communication |
| 5 | Ermanov D.R. | Supplementary reading |
| 6 | Ermanov D.R.,
Sarimsokov X.A. |
Tourist and guide: Dialogues |
| 7 | Eshto‘xtarova B.B. | Lexicology |
| 8 | Xamdamova S.B. | Stylistics |
| 9 | Xamdamova S.B. | Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyati va tarixi |
| 10 | Nizamova M., Fayziyeva M.S. | История мировой литературы |
| 11 | Muminova M.O. | Chet tilini o‘qitish metodikasi |
| 12 | Sobirova D.A. | Translation theory and practice |
| 13 | Alimova I.A. | O‘qish va yozish amaliyoti |
| 14 | Jalolova F.N. | Applied Linguistics |
| 15 | Yusupova Sh.B., Fayziyeva N.N., Anvarova Sh.V. | Introduction to Roman-german philology |
Monografiyalar:
| № | Muallif(lar) | Nashr nomi |
| 1 | Sarimsokov X.A. | Ingliz va o‘zbek tillarida sport terminlari: tahlil va tadqiqi |
| 2 | Sarimsokov X.A. | Sport terms in English and Uzbek: analysis and research |
| 3 | Sarimsokov X.A. | Til va sharh |
| 4 | Jurayeva I.A. | Ingliz, o‘zbek va rus tillarida antroponimlar |
| 5 | Nazirova Sh.O. | Дифференциальные признаки соматизмов как подкласса лексики в английском, узбекском и русском языках |
| 6 | Eshto‘xtarova B.B. | Linguocultural Peculiarities of phraseological units with component Head/bosh in English and Uzbek Languages |
| 7 | Eshto‘xtarova B.B. | Ingliz va o‘zbek tillarida head/bosh komponentli frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari |
| 8 | Xamdamova S.B. | Individual and national identity as a poetic expression in Seamus Heaney’s poetry |
| 9 | Sobirova D.A. | “Ingliz va O‘zbek tillarida qo‘shma gaplar orqali ifodalanuvchi stilistik vositalarning chog‘ishtirma tadqiqi (takror, antiteza va xiazm materiali asosida) |
| 10 | Jalolova F.N. | “Oʻgay ona” konseptining lingvomadaniy talqini (Ingliz va oʻzbek xalq ertaklari misolida) |
| 11 | Egamnazarova Z.X | Ingliz va O‘zbek tillarida rieltorlik faoliyatiga oid terminlarning struktur-semantik va leksikografik xususiyatlari |
| 12 | Fayziyeva M.S. | ТИПЫ ГЕРОЯ В “SHORT STORY” ВЕЛИКОБРИТАНИИ РУБЕЖА XX-XXI ВЕКОВ |
Xalqaro hamkorlik
| Ilmiy Unvoni | Ism | Familiya | Lavozimi | Universitet | Joylashgan o‘rni | Elektron manzil |
| Mr | Fernando | Almeida | Doctor of Philology, professor | Barcelona University | Spain | alamedo@ub.edu |
| Mr | Jose | Francisco | Doctor of Philology, professor | Barcelona University | Spain | j.francisco@ub.edu |
| Prof | Margana | Margana | Vice Rector | Yogyakarta State University | Indonesia | margana@uny.ac.id |
| Prof | Bruri | Triyono | Head of department | Yogyakarta State University | Indonesia | bruritriyono@uny.ac.id |
| PhD | Hajar | Ghafarpour | o‘qituvchi | Shahid Ashrafi Universiteti | Eron | ghafarpour.hjr@gmail.com |
| PhD | Nariste | Aliyeva | o‘qituvchi | Allatoo Xalqaro Universiteti | Qizg‘iziston | |
| PhD | Almagul | Bitikova | o‘qituvchi | Sh.Yessenov Universiteti | Qozog‘iston | almagul.bitikova@yu.edu.kz |
| PhD | Kukibayeva | Dina | o‘qituvchi | Sh.Yessenov Universiteti | Qozog‘iston | dina.kukybayeva@yu.edu.kz |
Hozirda kafedrada 54 nafar Turkmaniston talabalari, 2 nafar Xitoy talabalari tahsil olmoqda.