Kimyo

Kimyo fakulteti
KADIROVA SHAXNOZA ABDUXALILOVNA
KADIROVA SHAXNOZA ABDUXALILOVNA

Dekan

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 14:00-18:00

Manzil:

100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

SAYFIYEV MAQSUD NASIRDIN O‘G‘LI

SAYFIYEV MAQSUD NASIRDIN O‘G‘LI

Dekan muovini

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00-18:00

Manzil:

100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

YANGIBAYEV AZIM ESHMURODOVICH

YANGIBAYEV AZIM ESHMURODOVICH

Dekan muovini

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00-18:00

Manzil:

100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

ABDURAXMONOV G‘ULOMJON ABDUSAMATOVICH

ABDURAXMONOV G‘ULOMJON ABDUSAMATOVICH

Dekan muovini

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00-18:00

Manzil:

100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Fakultet tarixi

1921 yilda Turkiston davlat universiteti qoshida Kimyo instituti tashkil etilgan va bu institut universitetning beshta fakultetiga kimyo fanidan dars olib borgan. 1926 yilga kelib ushbu institut kimyo bo`limiga, 1930 yilda esa O`rta Osiyo Davlat universiteti tarkibida kimyo fakulteti tashkil etilishiga asos bo`ldi.
Kimyo fakultetida o`quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda, kafedralar hamda ilmiy laboratoriyalar tashkil etishda O. S. Sodiqov, X. U. Usmonov, K. S. Axmedov, Sh. T. Tolipov, I. P. Tsukervanik, A. Sh. Shamsiev, A. M. Murtazaev, A. R. Abdurasuleva, X. A. Aslanov, R. S. Tillaev, O`. N. Musaev, T. S. Sirliboev va boshqa olimlarning xizmatlari singan.
Kimyo fakultetini 1938 yildan 1985 yilgacha 47 yil davomida uzluksiz ravishda akademik Sh. T. Tolipov, 1985 yildan 1988 yilgacha Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, kimyo fanlari doktori, professor X. A. Aslonov, 1988 yildan 1995 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor T. S. Sirliboev, 1995-1996 yillarda kimyo fanlari doktori, professor A. A. Ziyaev, 1996 yildan 2001 yilgacha O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi, kimyo fanlari doktori, professor T. M. Boboev, 2001 yildan 2004 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor A. O. Sodiqov, 2004 yildan 2010 yilgacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent B. U. Sagdullaev, 2010 yildan 2013 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor X. I. Akbarov, 2013 yildan 2015 yilgacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent A. X. Hayitboev, 2015-2016 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent A. Holiqov, 2016-2017 yillarda f. m. f. n. dotsent O. Muxtorov, 2017-2018 yillarda kimyo fanlari doktori, professor S. Nurmonov boshqardilar. 2018 yildan boshlab fakultetga kimyo fanlari doktori, professor Sh. A. Kadirova boshchilik qilmoqda.

Professor o‘qituvchilar to‘g‘risida

Hozirgi paytdagi fakultetdagi professor-o‘qituvchilar soni  jami  95 , jumladan

Akademiklar

48

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy darajasi:

26

Fan doktori, DSc

Ilmiy darajasi:

27

Dotsentlar

Ilmiy unvoni:

4

professorlar

Ilmiy unvoni:

22

katta ilmiy xodimlar

Ilmiy unvoni:

Iqtidorli talabalar

Fakultetda iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifalardan biridir. Yoshlar Prezident va nomdor stipendiyalar, fan olimpiadalari, tanlovlar hamda davlat ilmiy loyihalariga faol jalb etiladi. Qolaversa, ularning konferensiyalarda qatnashishi hamda o'z ilmiy va ijodiy ishlarini nashrdan chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Yangibaev SHohjahon Azimovich

Ulug’bek nomli davlat stipendiyasi sovrindori

Ziyotov Daminbek Alisherovich

Ulug’bek nomli davlat stipendiyasi sovrindori

Berdiyorov Jahongir Olmos o’g’li

«Uzbekistan GTL» oltinchi stipendiya tanlovi g’olibi

Abdurahmonova Aziza Farhod qizi

Ulug’bek nomli davalt stipendiyasi sovrindori

Fakultetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna bo‘ling!

Fakultet tarkibidagi kafedralar

Hozirgi kunda kimyo fakulteti 6 ta kafedrani o'z ichiga oladi. Bular quyidagilar:

Ta’lim dasturlari

Bakalavr

60723000

Maxsulotlarning kimyoviy analizi (oziq- ovqat maxsulotlari)

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 7 400 000

60530300

Tabiy birikmalar kimyosi

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 7 400 000

5141400-4

Polimerlar kimyosi (tarmoqlar bo’yicha)

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 7 400 000

60530200

Umumiy va neft-gaz kimyosi

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 7 400 000

60530100

Kimyo (turlari bo’yicha)

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 7 400 000

Magistratura

70530301

Tabiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 8 968 000

70530103

Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 8 968 000

70530102

Radiokimyo

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 8 968 000

70530101

Kimyo (turlari yo’nalishlari bo’yicha)

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 8 968 000

  • Kopengagen universiteti (Daniya), Qozon Federal universiteti (RF), Moskva Davlat universiteti (RF), Qozon milliy tadqiqot texnologiya instituti (RF), Zagreb universiteti (Xorvatiya), “Yoshlarni ilmiy-ta’lim salohiyatini rivojlantirish muammolari ilmiy tadqiqot instituti avtonom notijorat tashkiloti” (RF), Janubiy Afrika universiteti (JAR), Tongren universiteti (Xitoy), Yonnam universiteti (Koreya Respublikasi), Digvijay Davlat avtonom kolleji (Hindiston), Ibn Tofail universiteti (Marokash), Jumhuriya universiteti (Turkiya) va bir qator boshqa oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
  • Ushbu oliygohlar bilan o‘zaro hamkorlik xalqaro ilmiy loyihalar, kafedra professor-o‘qituvchilarining borib dars o‘tishi, soatbay asosda dars berishga taklif etilishi, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borilishi hamda WoS va Scopus bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilishi ko‘rinishlarida amalga oshirilmoqda.
    2022-yilda umumiy qiymati 707 000 funt sterling bo‘lgan Erasmusning “Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi bo‘yicha O‘zbekiston olimlari uchun Yevropa jahon iqtidorlar lageri” nomli ilmiy loyihasiga a’zo bo‘lindi. Ushbu loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar 2023-yildan boshlandi.
    2022–2023-yillar. Mavzu: MRB-2021-520: “Metall oksidlari asosida suvni organik ifloslantiruvchi moddalardan tozalash uchun fotokatalitik qoplamalarni yaratish”. O‘zbekiston–Belarus hamkorligi. Loyiha rahbari t.f.d. Nurmonov S.E. (2022-yil uchun mablag‘i 500 mln so‘m).
  • Umumiy va neft-gaz kimyosi kafedrasi xodimlari Rossiya FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, Sankt-Peterburg Davlat universiteti, Germaniyaning Darmshtadt Texnika universiteti, Qirg‘iziston Milliy akademiyasining Noorganik va fizik-kimyo instituti, Kiyev Milliy universiteti, Fransiyaning Aix-Marseille universiteti hamda Yaponiya ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlik olib bormoqda.
  • Yuqorida ko‘rsatilgan ilmiy tashkilotlarning salohiyati, ayniqsa ilmiy-texnik asbob-uskunalaridan foydalanish orqali ilmiy yo‘nalishdagi masalalar hal etiladi. Olingan natijalar hamkorlikda maqola sifatida nufuzli ilmiy nashrlarda chop etiladi. Bundan tashqari, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda O‘simlik moddalar kimyosi instituti bilan ham ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
  • Fransiya, Yaponiya va Germaniya olimlari bilan hamkorlik natijasida “Solid State Ionics”, “Advanced Materials Research”, “Applied Surface Science”, “Journal of the European Ceramic Society” va “Materials Letters” jurnallarida ilmiy maqolalar chop etilgan.
  • Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti xodimlari bilan hamkorlik amalga oshirilgan.
  • Kafedra Boku Davlat universiteti (Ozarbayjon), Kavkaz universiteti (Turkiya), Xarkov Milliy universiteti (Ukraina), National Chemical Laboratory (Hindiston), Berlin Texnika universiteti (Germaniya), M. Auezov nomidagi Qozog‘iston universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti va boshqa qator oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
  • Boku Davlat universitetida tashkil etilgan “Modern Problems of Theoretical & Experimental Chemistry” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari prof. Sh.A. Qodirova, dots. S.R. Razzoqova, dots. v.b. B.S. Torambetov va o‘qituvchi G‘.U. Xayrullayevlar ma’ruzalari bilan ishtirok etishgan.
  • Organik sintez va amaliy kimyo kafedrasi bir nechta xorijiy oliygohlar bilan yaqin ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti va Zagreb universitetining (Xorvatiya) Kimyo muhandisligi va texnologiyasi fakulteti bilan memorandum imzolangan.
  • Zagreb universitetida kafedraning 2-bosqich tayanch doktoranti Habibullayeva Nozima Fazliddin qizi 2022-yil 11-sentabrdan 9-noyabrgacha ilmiy izlanishlar olib bordi.
  • Shuningdek, Ispaniyaning Saragosa universiteti, Hindistonning Dehli universiteti va Niderlandiyaning Vageningen universitetlari bilan ham yaqin ilmiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
  • Kafedra Finlyandiyaning Xelsinki universiteti, Qozog‘istonning Al-Farobiy universiteti va Xitoy Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Yil davomida Xelsinki universitetidan professor R.N. Kalendar va Al-Farobiy universitetidan professor J. Jenis talabalar uchun Molekulyar biologiya hamda Quyi molekulyar bioregulyatorlar fanlaridan ma’ruzalar o‘qigan.
  • 2022-yilda Organik sintez va amaliy kimyo kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TÜBİTAK) hamkorligidagi xalqaro ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etish uchun Turkiyaning Malatya universiteti olimlari bilan birgalikda qiymati 1,5 milliard so‘mlik “Katalizatorlar sintezi” bo‘yicha qo‘shma loyiha yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
  • Analitik kimyo kafedrasi Amerikaning Shimoliy Dakota universiteti, Ozarbayjon Milliy universiteti, Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti va Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetlari bilan hamkorlik olib bormoqda. 2022-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti bilan shartnoma imzolangan hamda Rahimov S.B. va Ziyayev D.A. ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha malaka oshirib qaytishgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetining “Analitik kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan fakultetga Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining “Analitik va kolloid kimyo” kafedrasi dotsenti Akmaral Argimboyeva hamda PhD ilmiy darajasiga ega Gulmira Rahimbay va Baxtijan Yeldana tashrif buyurdi.

 


Kimyo fakulteti V.N. Karazin nomidagi Xarkov Milliy universiteti (Ukraina) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.


Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy bosqichini O‘zMUda o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

⏺Mamlakatimizda ilk bor O‘zbekiston Milliy universiteti bazasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy bosqichini tashkil etish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

⏺Mehmonlar Kimyo fakultetiga tashrif buyurib, laboratoriya xonalari, amaliy imtihonlarda foydalanilishi rejalashtirilgan zamonaviy jihozlar, texnologik imkoniyatlar hamda mavjud infratuzilma bilan batafsil tanishdilar.


Yaponiyaning Osaka universiteti professori Xidehiro Sakurai bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.