O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi akademik litsey, Toshkentdagi ko’chalardan biri S.H.Sirojiddinov nomiga qo’yilgan. Uning dastlabki nomi «Respublika maxsus maktab-internati» deb atalgan. Bu dargohda dastlab fizika-matematika yo’nalishi mavjud bo’lgan. Ixtisoslashtirilgan bunday maktablar Sobiq Sovet Ittifoqi davrida beshta bo’lib, O’rta Osiyoda yagona maktab bo’lgan. 1990-yildan litseyga akademik S.H.Sirojiddinov nomi berilib, maktab-internat Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti) qoshiga o’tkazildi. 1998-yil 24-fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi litsey-internatga akademik litsey maqomini berish haqida qaror qabul qildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ49-10-sonli qarori qabul qilingandan so’ng litsey faoliyati yanada rivojlandi. Litseyning fidoiy o’qituvchilaridan 2003-yilda Aslanova Muhtaram Asqarovna «Shuhrat» medali, 2020-yilda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi unvoni bilan, shuningdek 2020-yilda Jo’rayev Farhod Isroilovich, 2022-yilda Doniyorov Sodiq Xoliqovich «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, litseyning 50 nafardan ortiq bitiruvchilari fan doktorlari, 400 nafardan ortigi fan nomzodi ilmiy darajalarini egallaganlar. Ular ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi ilmiy-ijodiy faoliyatlari bilan O’zbekiston sha’nini dunyoga tarqatmoqda.