Mehnat faoliyati

Axmedova Gulsara Bahodir qizi 1992-yil 10-yanvarda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Axmedova Gulsara Bahodir qizi 2014-yil hozirgi Navoiy davlat universitetining Biologiya bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 2018-yil O‘zMUning Biologiya (odam va hayvonlar fiziologiyasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani, 2022-yil O‘zMUda 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturani tamomlagan.

Axmedova Gulsara Bahodir qizi Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi, dotsent ilmiy unvoniga ega.

Axmedova Gulsara Bahodir qizi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “COVID-19ga chalingan organizmlar faoliyati tiklanish davrining fiziologik mexanizmlari” mavzusida dissertatsiyasini Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ixtisoslashgan Kengashida 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. Respublika Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK)ning 2023-yil 5-may 337/1-qaroriga muvofiq PhD ilmiy darajasi berilgan (diplom 01 № 010084).

Mehnat faoliyati. Umumiy ish staji: 13 yil, shu jumladan, ilmiy-pedagogik ish staji 7 yil.

Axmedova Gulsara Bahodir qizi 2010–2014-yillarda Navoiy davlat universitetida tahsil olgan, 2016–2018-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini tamomlagan. 2020–2023-yillarda Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasida tayanch doktoranturada tahsil olgan. 2021–2024-yillar davomida mazkur kafedrada o‘qituvchi, katta o‘qituvchi hamda dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan. 2022-yildan boshlab universitet huzuridagi innovatsion va amaliy ilmiy loyihalarda kichik hamda katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirgi kunda, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar