Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Volontyor-tarjimonlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan taqdirlandilar

Oxirgi yillarda odamlarning jamiyatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga daxldorlik hissi kuchayib, fuqarolik pozitsiyasi shakllanib bormoqda. Shular qatorida volontyorlik ham fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi va uning rivojlanganlik koʻrsatkichi boʻlib xizmat qilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti volontyor-tarjimon talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokini tashkil etishdagi xizmatlari hamda xorijlik kuzatuvchilarga tarjimonlik etganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov tomonidan taqdirlandilar.

O’zMU Axborot xizmati