Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Webster universiteti

Webster universiteti delegatsiyasining O‘zbekiston Milliy Universitetiga tashrifi

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zining universitetlari va universitet reytingi bo‘yicha dunyoda juda ham mashhur hisoblanadi. Hozirda O‘zbekiston Milliy Universiteti 8 ta Amerika Qo‘shma Shtatlari universitetlari bilan rasmiy tarzda memorandum imzolagan va hamkorlikda qo‘shma dasturlar olib bormoqda. Toshkentda ham ko‘plab AQSh universitetlaring filiallari bo‘lib, hamkorlikda faoliyat olib borishmoqda. Bunga misol qilib Webster universiteting Toshkentdagi filialini aytishimiz mumkin.

 2023-yil 27-oktabr kuni Toshkentdagi Webster universiteti delegatsiyasi Ryan Guffey - Webster universiteti global kampuslari bosh direktori, Rasul Rahmonov - Toshkent shahridagi Webster universiteti ijrochi direktori, Ulug'bek Shukrullayevlar O'zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda ikki universiteti o'rtasida biologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat 2+2 qo'shma ta'lim dasturi yaratish rejalashtirildi.

 Bioinformatika yo'nalishi bo'yicha esa qo'shma magistratura va doktorantura talabalari uchun qo'shma dastur yaratish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo'yicha kelajakda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.


O‘Zmu Hamda Aqshning Vebster Universiteti O‘Rtasida Anglashuv Memorandumi Imzolandi

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya AQShning Vebster universitetida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ikkala tomon o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda AQSHning Vebster universiteti prezidenti Julian Shustern o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi. Unga ko‘ra, kimyo va bilogiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.