Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro Fransuz tili oʼqituvchilari kuni

Bugun, 25-noyabr kuni O`zbekiston Milliy universitetida Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasi, Toshkentdagi Fransuz Аlyansi, O`zbekiston Milliy universiteti va “O`zbekiston-Fransiya” do`stlik jamiyati hamkorligida “Xalqaro fransuz tili o`qituvchilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Сovid 19 va undan soʼng?” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Tadbirda O`zbekiston Milliy universiteti, O`zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkentdagi Fransuz Аlyansi tashkiloti vakillari hamda fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan 51- va 112-maktab o`qituvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida taʼlim tizimida Сovid 19 ning taʼsiri, o`qitish jarayonlari, gibrid taʼlim, kasbiy madaniyat, masofaviy taʼlim kabi bir qator mavzularda fikr yuritildi.

Tadbir yakunida Fransiya elchixonasining taʼlim sohasidagi Аtteshesi Serge Bellini O`zbekiston Milliy universiteti rahbariyatiga tadbirni tashkil etish va oʼtkazishdagi amaliy yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

O`zMU Axborot xizmati