O‘zbekiston Milliy universitetida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ochiq eshiklar kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari, Korrupsiyaga qarshi kurishish talaba-yoshlar klubi yetakchilari va a’zolari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Yoqub Ergashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor maslahatchisi Jalol Ro‘ziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “KN” TB bo‘limi boshlig‘i Shohnazar Gʻulomov, profilaktika katta inspektori Alisher Abdulxakov ishtirok etib, ma’ruza qilishdi.
Ma’ruzachilar sodir bo‘layotgan korrupsion xolatlarning kelib chiqish sabablari va ularning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritishdi.
Tadbirning ikkinchi qismida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida o‘tkaziladigan “Antikorrupsiya bilimdoni” va “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan eng yaxshi insholar, rasmlar va videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Universitet bo‘yicha jami 28 nafar talaba tanlov g‘olibi sifatida diplomlar va mukofot pullari bilan rag‘batlantirildi.
O‘zMU Axborot xizmati