Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari afsonaviy Samarqand shahrida

Ayni paytda O‘zbekiston Milliy universitetida “Buyuk ipak yoʼlidagi madaniy va til qadriyatlari” shiori ostida tashkil etilgan xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari O‘zbekistonning  go‘zal va qadimiy shaharlaridan biri Samarqand shahriga sayohat qilmoqda.

Yozgi maktab ishtirokchilari kunning birinchi yarmida Registon maydoni hamda Amir Temur maqbarasini ziyorat qilar ekan, mazkur tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.

Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘lib bormoqda.

Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘lib bormoqda.