Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xanchjou-2022: Sobiq talabalarimizdan quvonarli natijalar!

Ayni vaqtda Xitoyning Xanchjou shahrida XIX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari musobaqalarning dastlabki kunlaridanoq g‘alabalarni qo‘lga kiritishni boshladi.

Taekvondo WT bo’yicha O’zbekiston Milliy universiteti sobiq talabalari Jasur Jaysunov, Ozoda Sobirjonova, Svetlana Osipova aralash jamoaviy dasturda, Madinabonu Mannopova esa yakkalik bahslarida bronza medalini qo’lga kiritdi.