Xitoy tadqiqotchilari

Xitoy Xalq Respublikasidan 30 nafarga yaqin mustaqil tadqiqotchilar O’zMUga tashrif buyurdi

Xabar berilganidek,  O‘zbekiston Milliy universitetiga Xitoy Xalq Respublikasidan o‘zining ilmiy tadqiqotini olib boradigan 30 nafarga yaqin mustaqil tadqiqotchilar tashrif buyurdi. Ular bilan ilmiy rahbarlarning uchrashuvi xalqaro bo‘lim qoshida tashkil etildi.

Xorijlik mustaqil tadqiqotchilarga ingliz tili va mutaxassislik fanlaridan imtihon topshirish, himoya uchun kerak bo‘lgan me’yoriy hujjatlar, hamda, ilmiy nashrlarning tahlili bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. O‘z o‘rnida xorijlik mustaqil tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga ilmiy rahbarlar va ma’sul xodimlar tomonidan javob berildi.

Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan mustaqil tadqiqotchilar fizika, ekologiya, qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik, amaliy matematika, iqtisod va tarix yo‘nalishlarida doktorlik dissertatsiyalarini yozmoqda.