Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xitoylik hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda

Xabaringiz bor, O‘zMU delegatsiyasi ayni kunlarda Pekinda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida ishtirok etib turibdi.

Forumning dastlabki kunida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan qator Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida muzokaralar olib borildi.

Jumladan, Jiyasing universiteti bilan kimyo, biologiya, mexanika, geologiya sohalari bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etish, Xeylongjiang universiteti bilan kasb egalari uchun xitoy tili kurslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maqsadli kelishuvga erishildi.

Shuningdek, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalarining tajribasini universitetga tatbiq etishga qaratilgan qator hamkorlik uchrashuvlari davom etmoqda.