Xorijiy filologiya

Fakultet dekani

Jo'rayeva Iroda Ahmedovna-Filologiya fanlari nomzodi

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

 +998 71 227-10-59

 philology@nuu.uz

Fakultet  xaqida qisqacha ma`lumot

Xorijiy filologiya fakulteti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining nufuzli fakultetlaridan biri.

Hozirgi paytda fakultetda 10 nafar  fan doktori,shulardan 5 nafari professorlar, 50 nafar fan nomzodlari (PhD), 38 nafar dosent, 100  nafardan ortiq katta o'qituvchi, o'qituvchi  va stajyor –o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular tillar bo’yicha ham ma'ruzalar ham amaliy mashg’ulotlar olib boradilar. Shu bilan birgalikda fakultetda, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Gresiya, Indoneziya kabi davlatlar yetakchi universitetlari professor-o’qituvchilari ham nazariy va amaliy  mashg’ulotlar olib bormoqdalar. Bundan tashqari ko’plab fakultet professor-o'qituvchilari AQShning Origona universiteti, Buyuk Britaniyaning Norvich til o’qitish instituti, Fransiyaning nufuzli universitetlarida,  Lomonosov nomidagi MDU,  Toshkentdagi Gyote instituti va boshqa xorijiy  universitetlarda malakalarini oshirganlar va oshirmoqdalar. Ular tomonidan shu kunga qadar 100 dan ortiq darsliklar, o‘quv, o‘quv –uslubiy qo‘llanmalar va 20 dan ortiq lug‘atlar yaratildi.  Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek tilidan chet tillariga va aksincha chet tillaridan o‘zbek tiliga 30 dan ortiq badiiy asarlar tarjima qilindi. Nemis filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi X.Qo‘chqorova shvetsariyalik nemis zabon zamonaviy yozuvchilaridan Jenni Erpenbekning “Makon istab”,  Elke Haydenrayh va Bernd Shrederning “Azaliy ishq” asarlarini bevosita o‘zbek tiliga tarjima qildi. Iqtidorli talabalar o‘zbek shoirlari Muhammad Yusuf va Erkin Vohidovning she’rlarini o‘zbek tilidan fransuz tiliga tarjima qildilar.

Xorijiy filologiya fakulteti quyidagi bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlaydi.

Bakalavriat:
1. 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
2. 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish (nemis tili)
3. 60230100- Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili)
4. 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)
5. 5111300 - Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda)
6. 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
7. 60230200 -Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo'yicha).
8. 60111700 -  O’zga tilli guruhlarda rus tili                                       

Magistratura:
70230101 - Lingvistika (ingliz tili)
70230101 - Lingvistika (rus tili)
70230101 - Lingvistika (nemis tili)
70230101 - Lingvistika (fransuz tili)
70230502 - Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)
70230201 - Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik(tillar bo’yicha)

Yuqoridagi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o'tgan davr ichida fakultet vatanimiz xalq ta’limi, oliy ta’lim muassasalariga va xalqaro  tashkilotlar uchun 10 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Fakultetni bitirgan talabalar O'zbekiston Respublikasining BMTdagi vakolatxonasida, vatanimizning qator davlatlaridagi elchixonalarida, Angliya, Fransiya va boshqa davlatlarda xizmat qilganlar va xizmat qilmoqdalar.

Fakultetda   tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar mavjud.

  1. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor G‘aybulla Tadjitdinovich Salomovning  “Tarjima nazariyasi” maktabi.
  2. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Abduzuxur  Abdumajitovich Abduazizovning  “Turli tizimli tillarda fonetika va fonologiya, qiyosiy tipologiya” ilmiy maktabi.
  3. Filologiya fanlari doktori, professor  O‘tkir Qurbonovich Yusupovning  “Qiyosiy -chog‘ishtirma tilshunoslik” maktabi.
  4. Filologiya fanlari doktori, professor Aleksandra Nikolaevna Davshanning “Aziya v russkoy literature” nomli ilmiy maktabi.
  5. Filologiya fanlari doktori, professor Anna Gennadevna Sheremetevaning  – “Rus tilida so‘z yasalishi” ilmiy maktabi.
  6. Filologiya fanlari doktori, professor Abdi Eshankulovich Mamatovning  “Til normasi, adabiy tilda leksika va frazeologik norma muamolari” ilmiy maktabi.

Ilmiy maktablarning davomchilari quyidagi Ilmiy kegnashlarda tayanch dokorantura, doktorantura, mustaqil va erkin izlanuvchilar sifatida tahsil olmoqdalar.

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi  DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10 raqamli ilmiy kengash mavjud.

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlarining tili va adabiyoti.

Fakullet talabalarining  erishgan yutuqlari

•        Baxtiyarova Maftuna –  Ingliz filologiyasi kafedrasi 2-kurs magistrаnti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat  stipendiyasi sohibi (2018); 
•        Bekmurodova Feruza – Ingliz filologiyasi kafedrasi 4-kurs talabasi,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi (2020);
Oripov Alijon – Fransuz filologiyasi kafedrasi  3 – kurs talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2019);
•        Nigmatova Olima – Nemis filologiyasi kafedrasi 4-kurs talabasi,  Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2020);
•         Karimova Maftuna -  Fransuz  filologiyasi kafedrasi 4-kurs talabasi,  Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2020);

Iqtidorli  talabalar va tanlov goliblari

2021-yil ingliz filologiyasi kafedrasi 3-kurs talabasi Abdukarimov Valixon “Yilning eng yaxshi video roligi”  “Men sevgan adib” tanlovida go’lib bo’ldi. 2021 yilda xorijiy til va adabiyot kafedrasi 2-kurs talabasi Abdullayev Abdulaziz “Medsenat” granti sohibi bo’ldi.

Fakultet professor-o'qituvchilarining bugungi kundagi asosiy vazifalari - talabalarga kelajakda  jamiyatda o'z o’rinlarini topishiga, mustaqil, ijodkor va yetuk mutaxassislar bo'lib etishishlariga yordam berish. Bugungi kunda fakultet jamoasining diqqat e’tobori respublikamizda ilm-fanni rivojlanishiga katta xissa qo’shish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikdagi ta'lim loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.

Xorijiy filologiya fakulteti 1994-yili roman - german filologiyasi va rus filologiyasi fakultetlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Roman-german filologiyasi fakulteti 1962-yilda tashkil etilgan. Rus filologiyasi kafedrasi universitetning keksa kafedralaridan hisoblanadi. U 1941-1942 yillarda tarix-filologiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan. 1942 yildan filologiya fakulteti alohida fakultet boʼlib ajralib chiqadi va unda oʼzbek va rus filologiyasi boʼlimlari tashkil etiladi.

Bugungi kunda fakultet tarkibida 10 ta  kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ingliz tilshunosligi
Tarjima nazariyasi va  qiyosiy tilshunoslik
Nemis filologiyasi
Fransuz filologiyasi
Rus  adabiyotshunosligi 
Rus tilshunosligi
Xorijiy til va adabiyot
Fakultetlararo ingliz tili
Fakultetlararo rus tili
Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik