Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

XORIJIY OLIMLAR MA’RUZA MASHG’ULOTLARI OLIB BORMOQDA

Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universiteti Matematika va matematik modellashtirish kafedrasi mudiri, f.-m.f.d., professor Abdumovlon Sulaymonovich Berdishev 2021-yilning 11-18 dekabr kunlari Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 1-bosqich magistratura talabalariga “Ilmiy hisoblash” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bordi.
Shuningdek, Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universiteti “Matematika va matematik modellashtirish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Milliy universiteti “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlik doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar yuzasidan ilmiy seminar tashkil etildi. Hamkorlikda olingan ilmiy natijalar asosida ilmiy maqolalar tayyorlanib, Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda chop etish uchun topshirildi.
Ma’lumot uchun, Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universiteti QS xalqaro reytingida 551-o‘rinda turadi.

O’zMU Axborot xizmati