Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xusanova Dilnoza Alimqul qizi


O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

✔️Yutuqlari:
➖2024-2025 o‘quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi

➖2023-yil Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ‘‘Ma’rifat maydoni-2023’’ Respublika ko‘rik-tanlovida jamoaviy 1-o‘rinni egallagan.

➖2023-yil O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengash Yoshlar sektori tashabbusi bilan tashkil qilingan Olimpiada loyihasida ishtirok etib 1-o‘rinni egalladi.

➖2023-yil O‘zbekiston Milliy universiteti miqyosida o‘tkazilgan “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” ilmiy maqolalar tanlovida “Eng yaxshi mavzu va ilmiy asoslantirilgan maqola nominatsiyasida 1-o‘rinni egallagan.

➖2023-yil O‘zbekiston Milliy universiteti miqyosida o‘tkazilgan “Inson huquqlari bilimdoni -2023” ko‘rik-tanlovida Eng yaxshi inson huquqlari sohasidagi qonunchilik takliflari nominatsiyasida 2-o‘rinni olgan.

➖2024-yil Respublika oliy ta’lim muassasalari talabari o‘rtasida oʻtkazilgan “Kitob bilan yuksalamiz” tanlovida 1-o‘rinni egallagan.

➖2024-yil “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan.

➖2024-yil “Mediatarbiya-pro” mobil ilovasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mualliflik guvohnomasi berilgan.

➖2024-yil “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvi uchun Dilnoza Xusanovaning erishgan yutuqlari, keyingi faoliyati, rejalari suratga olingan.

➖2024-yil “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli Respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik tanlovining universitet bosqichida “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

➖2024-yil “Yil talabasi-2024” Respublika tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni egallagan.

📘Maqola va kitoblari:
Bugungi kunga qadar 2ta uslubiy qo‘llanma hammuallifi va 15 dan ortiq ilmiy maqolalari, 10ga yaqin tezislari Respublika va Xalqaro miqyosdagi jurnallarda va konferensiya to‘plamlarida nashr etilgan.