Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“YIL TALABASI» RESPUBLIKA KO'RIK-TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

Yil talabasi” Respublika koʻrik-tanlovining universitet final bosqichida universitetning barcha fakultetidan umumiy hisobda 40 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tanlov quyidagi nominatsiyalar boyicha otkazilmoqda:

1-nominatsiya - "Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi";
2-nominatsiya-"Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi";
3-nominatsiya-"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";
4-nominatsiya-"Yilning eng faol sportchi talabasi";
5-nominatsiya-"Yilning eng faol iqtidorli talabasi";
6-nominatsiya-"Yilning eng faol ijodkor talabasi";
7-nominatsiya-"Yilning eng faol tadbirkor talabasi" .

Ishtirokchilar o’zlari tayyorlagan taqdimotlari bilan 5 daqiqa reglament asosida ishtirok etmoqda, shuningdek, hakam a’zolari tomonidan berilgan savollarga aniq javob bermoqdalar.
Ma’lumot oʻrnida, ushbu respublika koʻrik-tanlovida gʻolib boʻlgan talabalar - 1-orin sohibi: BHM ning 8 barobari; 2-orin sohibi: BHM ning 6 barobari; 3-o`rin sohibi: BHM ning 4 barobari miqdorida pul mukofoti , sertifikat bilan taqdirlanadi va 1-o’rin sohiblari “YIL TALABASI" ko’rik-tanlovining Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritadilar.

O`zMU Axborot xizmati