Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH DOLZARB MASALA

O‘zbekiston Respublikasi IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining O’zbekiston Milliy universitetdagi “Talabalar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzuida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda O’zMU rektori, professor Inom Madjidov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig’i o’rinbosari, polkovnik Azimjon Sultanov, universitet professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori Inom Madjidov ochib berib, davlatimiz rahbarining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidlab o‘tar ekan, qarorda yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga doir sa’y-harakatlar samaradorligini takomillashtirish, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam immunitetni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilganini tushuntirdi. Shundan so‘ng O ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev o‘z nutqi davomida talabalarga jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda eng muhim jihatlarni tushuntirib o‘tdi. Suhbat davomida Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig’i o’rinbosari, polkovnik Azimjon Sultanov so‘zga chiqib, mazkur profilaktik tadbir talaba-yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni mustahkamlash, yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishda tarbiya va xarakterning uzviy bog‘liqligi, har qanday salbiy xarakter ildiz otmasligi uchun zudlik bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni olib borish zarurligini tushuntirdi.

O’zMU Axborot xizmati