Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

YUNESKO hamda Baxrayn qirolligi 2005 yilda ta’sis etilgan «Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish» nomli YUNESKO/Hamad bin Isa Al-Xalifa mukofoti uchun tanlovni e’lon qiladi.


Mazkur tanlovning 2023 yil uchun mavzusi - "Yashil ta'limda raqamli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish (Digital learning for greening education)".

⏺Tanlov yakunida dunyo boyicha 2 ta innovatsion loyiha tanlab olinib, 25000 AQSH dollari miqdorida teng mablag' bilan taqdirlanadi.

⏺Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar quyidagi web-sahifa orqali shaxsiy kabinet ochishlari va ro'yxatdan o'tishlari lozim:
🌎www.unesco.org/ict-ed-prize/register

⏺Ro'yxatdan o'tgan nomzodlar quyidagi havola orqali onlayn tarzda nomzodnoma shakillarini ingliz hamda fransuz tillarida to'ldirishlariu va taqdim etishlari zarur:
🌎www.unesco.org/ict-ed-prize

Eslatib o'tamiz hujjatlarni topshirishlarning oxirgi muddati: 2024 yilning 23 yanvariga qadar.


Xalqaro aloqalar bo'limi