Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi prorektori Shuhrat Toshmatov boshchiligidagi delegatsiya BDU ga tashrif buyurdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) ning O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Shuhrat Toshmatov boshchiligidagi delegatsiya BDU ga tashrif buyurdi.BDU rektori Andrey Korol, o‘quv ishlari va ta’limni internallashtirish bo‘yicha prorektori Konstantin Kozadayev, Xalqaro munosabatlar bo‘limi va BDU yuridik kolleji rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Belarus universitetiga tashrif hamkorlik va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha universitetlararo bitimni amalga oshirish bilan bog‘liq. Tomonlar yaqin hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Bularga talabalar almashinuvi, ma’ruzalarni o‘qish uchun xorij o‘qituvchilarni jalb qilish, o‘quv dasturlari va darsliklarni birgalikda tayyorlash kiradi.

Xususan, O‘zMU delegatsiyasi bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tajriba almashish, qo‘shma ilmiy nashrlarni chop etish uchun Biologiya, Kimyo, Radiofizika va kompyuter texnologiyalari fakulteti bilan yaqin hamkorlikdan manfaatdor.

Shuningdek, BDU ga tashrif doirasida O‘zMU delegatsiyasi aerokosmik ta’lim va universitet sun’iy yo‘ldoshlarini boshqarish markazlariga tashrif buyurdi. Mehmonlarga universitetning birinchi sun’iy yo‘ldoshi, aerokosmik texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash haqida ma’lumot berildi hamda real vaqtda BDU kosmik qurilmasining trayektoriyasi namoyish etildi. Uchrashuv mobaynida 2022 yilda BDU bilan hamkorlikda O‘zMUda “Aerokosmik texnologiyalar” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini ochish to‘g‘risida muhokama qilindi.

BDU ga tashrif dasturiga A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya instituti kafedra mudirlari va laboratoriya rahbarlari bilan uchrashuv ham kiradi. Talabalarni tayyorlash, mavjud qo‘shma ta’lim dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha tahlil va keyingi qadamlarni belgilash rejalashtirilgan.

O‘zMU Axborot xizmati