Holon Texnologiya institutida

Holon Texnologiya institutida O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti talabalariga diplom topshirildi

 2023 yilning 4-sentabr kuni, Isroil davlatining Holon Texnologiya institutida (HIT) O’zbek-Isroil qo’shma fakultetining Amaliy matematika va Komputer ilmlari yo’naishidagi 34 nafar talabalar Ozarbayjon va Isroil davlatlari talabalari bilan birgalikda diplom bilan taqdirlandilar.

Dastlab, Holon Texnologiya instituti rahbariyati, jumladan HIT rektori Eduard Yakubov, O’zbekistonning Isroil davlatidagi elchisi Feruza Mahmudova ,  Isroilning O’zbekistondagi elchisi Zehavit Ben Hillel (online),  Ozarbayjon davlatining Isroildagi elchisi Mukhtar Mammadov, Ozarbayjonning Baku davlat universiteti rektori Elchin Babayev(online), O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti dekani Nodir Narziev  hamda boshqa mehmonlar so’zga chiqib, talabalarni tabrikshlashdi.

Shundan so’ng, O’zbekiston, Ozarbayjon va Isroil davlatining davlat madhiyalari yangradi. Tadbir so’ngida talabalar diplom bilan taqdirlandilar.


O‘zbek – Isroil qo‘shma fakulteti bitiruvchilari Isroilda diplom oldilar

Maʼlumki, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida Isroil davlatining Xolon Texnologiya instituti (Holon Institute of Technology) bilan hamkorlikda O‘zbek-Isroil qo‘shma fakulteti 2018 yil o‘z faoliyatini boshlagan edi. Fakultetda 5130200-Amaliy matematika va informatika (Muhandislik matematikasi), 5230200-Menejment (Texnologiyalar menejmenti), 5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (Kompyuter ilmlari) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda kadrlar tayyorlanmoqda.

 2023 yilning 23 fevral kuni 5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (Kompyuter ilmlari) yo‘nalishlari bitiruvchilari HIT ni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarning bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirnii HIT prezidenti Eduard Yakubov ochib berdi. Diplom olish tadbirida O‘zbekiston va Tojikistondagi Izrail elchisi Zahavit Ben Hillel barcha talabalarni xalqaro diplom bilan tabriklab ikki davlat hamkorligini yana-da rivojlanishida taʼlimning o‘rni beqiyos ekanligini taʼkidladi. O‘zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, qo‘shma fakultet dekani Nodir Narziyevlar ham tadbirda onlayn ishtirok etib talabalarni bu yutuq va imkoniyat bilan universitet rahbariyati nomidan samimiy qutladilar.