Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Bugun Oʻzbekiston Milliy universitetiga Qozogʻistonning Nazarbayev universitetidan bir qator delegatsiya vakillari tashrif buyurdilar.


Tashrifdan maqsad: Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat boʻldi.

Delegatsiya tarkibida xorijiy talabalar bilan ishlash boʻlimi Talabalarni qabul qilishni boshqarish boʻlimi boshligʻi Altыnay Murzakulova, talabalarni qabul qilish boʻlimi menejeri Daniyar Igiboyev, Nazarbayev universiteti kompyuter fanlari kafedrasi professori Maykl Lyuis, ijtimoiy va gumanitar fanlar maktabi dekani va biologiya kafedrasi professori Gonsalo Xap Hortelano, tabiat, ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti direktori Sagыndыkova Galiya Kenesovna, tabiat, ijtimoiy va gumanitar fanlar maktabining oʻquv va talabalar bilan ishlash boʻlimi menedjeri Usingaliyeva Alminiya, Nazarboyev universiteti Oliy biznes maktabi Strategiya kafedrasi dekan oʻrinbosari va dotsenti Venkat Subramanian, Nazarboyev universiteti Oliy biznes maktabi talabalarni qabul qilish boʻlimi xodimi Aynabekovalar tashrif buyurishdi.

Delegatsiyani Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti dekani Zafar Raxmonov, professor Mirsaid Aripov, Iqtisodiyot fakulteti dekan muovini va ijtimoiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari kutib olishdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy universitetining taʼlim tizimi, milliy va xalqaro reyting boʻyicha natijalari hamda xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Ushbu uchrashuvda tomonlar ikki universitet oʻrtasida akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda ilmiy maqolalar nashr qilish va talabalarning yozgi maktablarini tashkil qilish borasida fikr yuritishdi. Uchrashuvda mutaxassislar iqtisodiyot fakulteti hamda amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakultetlariga tashrif buyurishdi. Bu yerda olimlarimiz “The cybersecurity landscape”, “A tutorial on short-form essay writing” mavzusida amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti talabalariga maʼruza oʻqishdi. Gonzalo Hap Hortelano “Role of Research in a Knowledge Based Economy” mavzusida Iqtisodiyot fakulteti talabalariga ingliz tilida maʼruza oʻqidi.

Uchrashuv soʻngida tomonlar xamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha onlayn uchrashuvlar tashkil qilib bugun muhokama qilingan barcha takliflarini qadam-baqadam amalga oshirish borasida kelishib oldilar.






Xalqaro aloqalar bo’limi