Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Malayziyaning Putra universiteti vakillari O`zMU da


Joriy yilning 4-mart kuni Malayziyaning Putra universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani Prof Dr Bany Ariffin Amin Noordin va Menejment va Marketing kafedrasi mudiri Dr. Anuar Shah Bin Bali Mahomed O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi. Mazkur delegatsiya Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova , Iqtisod fakulteti dekani Umarov Abduvahob hamda bir guruh kafedra mudirlari tomonidan kutib olindi.

Ta’kidlab o’tish joizki, Malayziyaning Putra universiteti bilan O’zbekiston Milliy universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasi 2012-yilda imzolangan. Uchrashuvda ikki universitet o’rtasidagi hamkorlik shartnomasini yangilash, xalqaro ilmiy jurnallarda birgalikda maqolalar chop etish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, magistratura va doktorantura yo’nalishlarida ham hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so’nggida mazkur ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib olindi.





XALQARO ALOQALAR BO`LIMI