Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Parlamentda deputatlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Uchrashuvda respublikaning bir nechta oliy ta’lim muassasalari qatorida O’zbekiston Milliy universiteti Huquqiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda «Yurisprudensiya: biznes huquqi» yo’nalishi talabalari ham ishtirok etdi.

Qatnashuvchilarga quyi palata, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda qo‘mitalar ish faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayoni haqida so‘zlab berildi. Xususan, qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish, birinchi va ikkinchi o‘qishga tayyorlash, yalpi majlis muhokamalariga kiritish bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.