Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Iqtisodiyot fakulteti Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda


Bugun Oʻzbek-Yapon yoshlari innovatsiya markazi Jamoat bilan aloqa boʻlimi boshligʻi Luka Kohara va loyixa menedjeri ekspert Yukinori (Falah) Yanagida Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, Iqtisodiyot fakulteti dekan Abduvaxob Umarov va OTFIV vakili qatnashishdi.

Suhbat davomida Yaponiyaning bir qator nufuzli universitetlari va OʻzMU oʻrtasida jadal rivojlanayotgan hamkorlik aloqalari va professor-oʻqituvchilar almashinuvi hamda talabalar akademik mobilligi hususida toʻxtalib oʻtildi.

Kelgusida ushbu hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida boshqa universitetlar bilan ham memorandumlar imzolash, birgalikda maqolalar chop etishga kelishib olindi.





Xalqaro aloqalar bo’lilmi