Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yevropa universiteti bilan qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyildi


Bugun,3-aprel kuni, Italiyanining Tuscia universiteti rektori Stefano Ubertini boshligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Shuhrat Toshmatov, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinovalar tomonidan kutib olindi.

Uchrashuv davomida har ikki universitet vakillari amalga oshirilayotgan loyiha jadal tus olganligidan mamnun ekanliklari va kelgusida nafaqat arxeologiya, balki matematika biologiya, tabiiy fanlar yoʻnalishlarida ham qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish, talabalar va professor oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirishga kelishib olishdi.

Uchrashuv soʻnggida ikki universitet oʻrtasida Arxeologiya yoʻnalishida qoʻshma taʼlim shartnomasi va oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.






Xalqaro aloqalar bo’limi