Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Viloyatlar milliy qadriyatlari va urf-odatlari namoyishiga bag‘ishlangan “Talabalar bahori” tanlovi natijalari aniqlandi

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston Milliy universitetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida “Talabalar bahori – 2024” an’anaviy festivali o‘tkazildi. 

Turli idora-tashkilot vakillaridan mehmonlar, universitet jamoasi, 10 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar, ming nafarga yaqin professor-o‘qituvchilarni qamrab olgan mazkur tadbir doirasida turli madaniy-ma’rifiy tanlovlar, badiiy-musiqiy chiqishlar, sport musobaqalari tashkil etildi. 

Festivalda barcha fakultetlar tomonidan talabalar turar joylari kesimida respublikamiz viloyatlarining urf-odatlari, milliy qadriyat va an’analari namoyish etildi. 

Hakamlar hay’ati a’zolarining baholari umumiy natijasiga ko‘ra mazkur tanlovda 6 ta jamoa g‘olib deb topilib, sovrindor bo‘ldi:

1-o‘rin: Bilologiya va Kimyo (18-sonli TTJ) — Xorazm viloyati;

2-o‘rin: Matematika hamda Geografiya (14-sonli TTJ) — Qashqadaryo viloyati;

2-o‘rin: Ijtimoiy fanlar (5-sonli TTJ) — Surxondaryo viloyati;

3-o‘rin: Iqtisodiyot va Geologiya (3-sonli TTJ) — Samarqand

viloyati;

3-o‘rin: Taekvondo hamda Amaliy matematika (12-sonli TTJ) — Andijon viloyati;

3-o‘rin: Fizika va Gidrometreologiya (2-sonli) — Buxoro

viloyati.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanadi (1-o‘rin – 10 million so‘m, 2-o‘rin – 7 million so‘m, 3-o‘rin – 5 million so‘m).

O‘zMU Axborot xizmati