Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi

Oʼzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2018 yil 27 apreldagi 311-son qaroriga asosan Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti huzirida “Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi” tashkil etilgan. Oʼzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 640-son qaroriga asosan “Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi” negizida yuridik shaxs maqomiga ega boʼlgan davlat muassasasi shaklidagi Mirzo Ulugbek nomidagi Uzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etildi.
1. Kuyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʼnalishlari etib belgilandi: -nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendentsiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yoʼnalishlarini shakllantirish;
-nanotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning shakllantirilgan ustuvor yoʼnalishlarida Mirzo Ulugbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti fakulьtetlari, laboratoriyalari va boshqa boʼlinmalarining ilmiy hamda pedagogik xodimlaridan vaqtincha ijodiy jamoalar tashkil qilish orqali fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
-xorijiy oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajarishda hamkorlikni tashkil qilish hamda Markazda bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarga xorijiy olimlarini jalb qilish;
-Markaz mutaxassislarining xorijdagi yetakchi ilmiy-tadkiqot va oliy taʼlim muassasalarida stajirovkasini, xalqaro ilmiy konferentsiyalar va simpoziumlarni tashkil qilish hamda oʼtkazish orqali nanotexnologiyalar rivojlanishini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
-fundamental va amaliy ilm-fanning taʼlim jarayoni bilan integratsiyasi boʼyicha loyihalarni ishlab chiqish va bajarish, shu jumladan, nanotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarga va ishlanmalarni yaratishga talabalarni jalb etish hamda Markaz laboratoriyalarining ilmiy asbob- uskunalarida oʼquv-tadqiqot, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, bakalavriat va magistratura talabalarining ishlab chiqarish, diplomoldi amaliyotlarini oʼtkazish, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarni bajarishini taʼminlash.
-Mirzo Ulugbek nomidagi Uzbekistan Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.