Joriy yilning 13-14-iyun kunlari OʻzMU Tarix fakulteti Oʻzbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi professor-oʻqituvchilari Qozogʻistonda ilmiy safarda boʻlishdi.
Ilmiy safar davomida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida «Zamonaviy davrda Markaziy Osiyo xalqlari tarixining dolzarb masalalari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Turkiya hamda Rossiya federatsiyasidan 20 dan ortiq olimlar ishtirok etib, Markaziy Osiyo xalqlarining turli davrlardagi tarixiy aloqalari, madaniy hamkorligi, xalq diplomatiyasi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, etnosiyosiy va etnokonfesional munosabatlar, sovet davri tarixshunosligi, xotin-qizlar faoliyati, NNT, zamonaviy shahar konsepsiyasi hamda muzeylarning yosh avlodni tarbiyalashdagi oʻrni kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xizmat safari davomida universitetning tarix, filologiya yoʻnalishlari talabalariga mahorat darslari, master-klass mashgʻulotlari olib borildi.
Universitet olimlari K.Saipova, A. Insopov, O. Alimardonov, D.Toʻxtaboyeva hamda doktorant S. Mavlanovalar M.Auezov universiteti rektorining tashakkurnoma va sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Muzokaralar natijasida kelgusida Toshkentda xalqaro konferensiya, Chimkentda Oʻzbekiston va Qozogʻiston xotin-qizlari forumini tashkil etishga kelishib olindi.
O’zMU Axborot xizmati