Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida o‘quv yilini tamomlagan 664 nafar talabalar Vatanga qasamyod qabul qildi.
Mazkur tantanali marosimda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev, moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Zoirjon Bozorboyev, Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi boshlig‘i, polkovnik Kozim Haydarov, O‘zMU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatovlar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda nufuzli mehmonlar, turli jamoat tashkiloti vakillari, bitiruvchi talabalarning ota-onalar ham qatnashishdi hamda yoshlarning Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qilib, uni himoya qilish masʼuliyatini o‘z zimmalariga olganliklariga guvoh bo‘lishdi.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqan nufuzli mehmonlar, mutasaddilar va ota-onalar Vatanni sadoqat bilan himoya qilish yuksak burch ekanini ta’kidlab, bu sharafli yo‘lda astoydil bel bog‘lagan o‘g‘lonlarni samimiy muborakbod etishdi.
O‘zMU Axborot xizmati