Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi eng yaxshi universitetlar reytingi (QS Sustainability Rankings 2025) e’lon qilindi.
Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan mazkur reytingda O‘zbekiston Milliy universiteti 931-940-o’rinni egallab, top-1000 talikdan joy oldi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur reytingdan O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 828-o‘rin, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1161-1180, Toshkent davlat texnika universiteti 1251-1300, Toshkent davlat transport universiteti 1401-1450, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501+, Urganch davlat universiteti 1051+ o‘rinlarni qayd etdi.
Dunyo miqyosida barqarorlikni ta’minlash dolzarb vazifa bo’lib bormoqda. Ushbu global tashabbuslarda O’zbekiston Milliy universiteti ham faol ishtirok etib, barqarorlikni rivojlantirishga o’zining munosib hissasini qo’shmoqda.
Quvonarlisi, O’zMU 2024-yilda bir qator ko’rsatkichlar bo‘yicha o’z pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshiladi.
Atrof-muhit barqarorligi (Environmental sustainability) ko’rsatkichi bo’yicha 279-o’rinni egalladi (2023-yilda 428-o’rin).
Boshqaruv (Governance) ko’rsatkichi bo’yicha 402-o’rinni egalladi. Ekologik ta’lim (Environmental education) ko’rsatkichi bo’yicha 825-o’ringa ko’tarildi (2023-yilda 1001+).
Bilim almashinuvi (Knowledge exchange) ko’rsatkichi bo’yicha 952-o’ringa ko’tarilib, o’z natijasini 100+ pog’ona yaxshiladi (2023-yilda 1001+).
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida barqaror rivojlanish» ko‘rsatkichi bo‘yicha eng kuchli ko‘rsatkichlarni namoyish etdi, mamlakatning to‘rtta oliy ta’lim muassasasi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 ta oliy ta’lim muassasasi qatoriga kiradi, ulardan ikkitasi eng yaxshi 300 talikka kiradi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 279-o‘rinni va Toshkent davlat transport universiteti 295-o‘rinni egalladi.
O‘zMU Axborot xizmati