Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Besh tashabbusni qamrab olgan to‘garaklar faoliyatiga start berildi

Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bandligiga ko‘maklashish, ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida bir nechta to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, teatr, milliy raqs, dutor cholg‘uchiligi, chevarchilik, rassomlik, yosh sprotchilar, mediasavodxonlik, kompyuter savodxonligi, kibersport, o‘zbek milliy san’ati to‘garaklari talaba-yoshlarning mahoratini oshirishga, ularning har tomonlama rivojlanishiga sababchi bo‘lmoqda.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev fakultetda bo‘lib, u yerda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Mazkur tashabbusni ilgari surgan iqtidorli talabalar bilan suhbatlashib kerakli tavsiyalarini berib o‘tdi.

Fakultet dekani Zafar Rahmonov to‘garaklar faoliyatini yanada rivojlantirish, ishtirokchilar qamrovini oshirish, boshqa fakultetlarning talaba-yoshlarini ham keng jalb qilish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Axborot-kommunikatsiya vositalari tobora rivojlanib borayotgan bir paytda talaba-yoshlarning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan bunday to‘garaklar muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zMU Axborot xizmati