Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasiga prezident etib saylandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bag‘ishlangan umumiy majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi. Bunga qadar u Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori edi.

Eslatib o’tamiz, Shavkat Ayupov (1952-yilda tug‘ilgan) – fizika-matematika fanlari doktori. Oliy Majlis Senati a’zosi. 2021-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Akademik Sh.Ayupov O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti bitituvchisi. Hozirgi vaqtda ushbu fakultetning Algebra va funksional analiz kafedrasida ham faoliyat yuritib, salohiyatli matematiklar avlodini yetishtirish, hamda sohani rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqdalar.

 

O‘zMU Axborot xizmati