Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU dotsenti “Yilning eng yaxshi yosh olimi” deb topildi

Bugun poytaxtimizda joylashgan “Turkiston” san’at saroyida “Science and innovation awards – 2024” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamda “Uzreport TV” hamkorligida tashkil etilgan mazkur tantanali marosimda “Yil olimi”, “Yilning eng yaxshi yosh olimi”, “Yilning eng yaxshi xususiy oliy ta’lim muassasasi”, “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti” hamda “Yilning eng yaxshi innovatsion universiteti” aniqlandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti Marketing va akademik faoliyatni prognozlash bo‘limi boshlig‘i, Makroiqtisodiyot kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mansur Mamanazarov “Yilning eng yaxshi yosh olimi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lib, 5000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Milliy universiteti professorlari, “Fizikaviy kimyo” kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori Hamdam Akbarov, Tuproqshunoslik kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori Lazizaxon Gʻafurova yil olimlarining kuchli 10 taligi, Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Nilufar Abdurahmonova esa “Yilning eng yaxshi yosh olimlari” kuchli 10 taligi ro‘yxatidan joy olishdi.

Professor-o‘qituvchilarimizning ushbu e’tirof bilan chin dildan tabriklab, kelgusi ilmiy faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

O‘zMU Axborot xizmati