Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-dekbrdagi 457-son buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida, universitet rektorining 2024-yil 12-dekabrdagi 01-477-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan kafedra mudirlari, profesor-o‘qituvchilar, dekan muovinlari va tyutorlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilning 23-dekabridan 28-dekabriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur kurslar davomida HEMIS axborot tizimi, kredit-modul tizimida meyoriy-uslubiy hujjatlarning qo‘llanishi, professor-o‘qituvchilarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida faoliyatini baholash, magistratura bosqichida o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv adabiyotlarini tayyorlash tartibi hamda sirtqi va masofaviy ta’limda Moodle platformasidan foydalanish kabi mavzularda zarur ko‘nikmalar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, 2025-yilning 6-yanvaridan 12-yanvariga qadar O‘zbekiston Milliy universitetiga 2024/2025 o‘quv yilida yangi ishga qabul qilingan yosh o‘qituvchilar uchun “Yosh pedagoglar maktabi” tashkil etiladi.
Mazkur kurslarda “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar”, “Psixologiya”, “O‘qituvchilarning etika va estetikasi”, “Ustozlar tajribasi” bo‘yicha tegishli modullar o‘qitilishi rejalashtirilgan.
O‘zMU Axborot xizmati